Nirmal Prabha Bardoli

YoLG‘IZLIK

1

Olislardan boshlanar yo‘lim,
Dunyoni kezguvchi sayohatchiday
Ko‘z ochib yumguncha o‘tadi umr,
Emaklab boraman, zulmat qa’riga –
Ko‘rinar qarag‘ay yolg‘iz va mag‘rur.

2

Uy tomon boqaman, darpardalarim
Ming xo‘rsiniq bilan pastga tortilar.
Yolg‘iz terak bo‘ylab keta boshlayman,
Uyim esa ko‘kka osilib turar.

ShE’RIYaT

O‘rmonda kezinar soyalar – yaqin
Do‘stlarim misoli yo meni kutar.
Osmonda uchadi faqat bir juft qush
Soyasi xayolga urinib o‘tar.

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci