Harekrishna Deka

TONG OTIShI

Inlarini tashlab ketar chog‘larda
Qarg‘alar qag‘illab-qag‘illab toldi.

Qaqragan daryolar suv kutayotib,
Bir kechada go‘yo ko‘zdan yo‘qoldi.

Sinib yotgan yog‘och ko‘prik ostiga
Askarlar birpasda berkinib oldi.

Baland yerdan suvga tushgan oqsochlar
Bu sirdan bir umr bexabar qoldi.

Quyoshda yarqirab sariq qora xat
Titrandi, qog‘ozlar uvishib ketdi.

Zulmat bosib kelar eski uylarni.
Bu yerdan shamollar shoshilib o‘tdi.

Baland yerlik oqsoch qah-qah uradi,
Buni haligacha hech kim bilmaydi.

Uzun tun qon bo‘ldi, quyosh to‘satdan
Tongga kirib keldi, keyin bilmadim…

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci