Arkana Pujari

* * *

Eski g‘ildirakning chuqur izida
Oq rangda kirishni yoqtiradi Vaqt.
Men seni qandayin asrayin, qalbim,
Qarib borar vujud,
Xira tortar ko‘z.
Oy ham yashiradi yorug‘ nurini…

Katta kun.
Yalang‘och bog‘larda yalang‘och yolg‘on,
Ular ham xush ko‘rar hushtak ovozin.

Johil va tasqara qushlar, qarangki,
Yoqtirar tovuqning patillashini.
Tug‘ilib kelmoqda yangi olomon
O‘sha bog‘ ortida, daraxt ortida…

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci