Per Lagerkvist. Moris Flyori (hikoya)

Yoz faslining ilk kunlari erta tongda Moris Flyori bu yerlardan ancha olisda, shundoqqina chegarada borayotgan urushdan uyiga qaytdi. O‘rta yoshlardagi bu odamning bo‘y-basti va jussasi ancha kelishgan, ham ma’nan, ham jismonan ko‘rkam kishi edi. Uning irodasi mustahkamligi bilan bag‘rikengligi, nozik davomi…

Yusuf Samado‘g‘li. Gullar (hikoya)

Ukam Voqifga Kontsert boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolgandi. Sahnaga qo‘shni xonaga bugungi kontsert ishtirokchilari to‘planishgandi. Ularning ko‘pchiligi tahminan o‘n besh-o‘n olti yashar bolalar edi. Kimdir muallimning yonida so‘nggi bora maslahatiga quloq solar, kimdir skripkasini, kimdir torini sozlardi. Hammasi yosh bo‘lishiga qaramay davomi…

Vadim Muratxanov. Pasayish (hikoya)

Nikolay kichrayib borayotganini anglab yetgan kundan boshlab, uning yangi hayoti boshlandi. Dastlabki oylar u doktorlardan umid qildi, ammo ular inson tabiatiga oid konservativ qarashlarini o‘zgartirishni istamay unga yordam bergilari kelmadi. U buni ko‘rib, sira tortinmasdan, ularga rasmana arzi dod qildi, davomi…

G‘abit Musrepov. Yapon balladasi

Nogahoniy turtki Esimni tanib, yelkamdan bunchalik qattiq turtki yeganimni hech eslay olmayman. Boshim borib naq tovonimga tekkan bo‘lsa kerak. Xuddi kamalakdek egilib qoldim. Yaxshiyamki sportdan sal-pal xabarim bor, bo‘lmasa yo bo‘ynim, yo belim uzilib ketar ekan… Bundan uch-to‘rt yil ilgari, davomi…

Jek London. Ishonch (hikoya)

Barcha qatnovlar jo‘nab bo‘lgan, «Sietl-4» esa sohildan asta-sekin uzoqlashayotgan edi. Uning palubalari kema va yo‘lovchi yuklari, turli hindular guruhi, itlar va ularning egalari, savdogarlar hamda uyiga qaytayotgan oltin qidiruvchilar bilan to‘lgandi. Dosenning ko‘p sonli odamlari qirg‘oqda saf tortib xayrlashardilar. Zinapoya davomi…

Govshutkeldi Danatarov. Cho‘rining kulgisi (hikoya)

Bu tragediya o‘tmishning sarg‘aygan sahifasiga aylanib bo‘lgan allaqachon. Buni menga aytib berganlar dunyodan o‘tib ketishdi. Ularga ham “eskilar” gurung bergan ekan. “Yaxshi adab – yaxshi dab, ota-bobo davrabop” deyishgan donolar. Endi gurung berish navbati kaminaniki. Uni to‘qqiz yoshligida isqirt qo‘lidan davomi…

Nikolay Nosov. Bilmasvoy bilan do‘stlarining boshidan kechirganlari

Nosov Nikolay. Bilmasvoy bilan do‘stlarining boshidan kechirganlari. Bilmasvoy quyosh shahrida: Ertak roman (Redkoll.: S. Ahmad va boshq.:) Po‘lat Mo‘min tarjimasi; So‘zboshi muallifi R. Barakayev. — T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, — 304 b. Mashhur rus yozuvchisi Nikolay Nosovning «Bilmasvoy davomi…

Stefan Sveyg. Azaliy akaning ko‘zlari (qissa)

Ushbu qissa xalq tomonidan saxovatpeshalarning to‘rt xil nomi bilan atalgan, biroq na hukmdorlar yozishmalari, na donishmandlar kitoblarida qayd etilgan va xotirasi unut bo‘lgan Virata haqida. Donishmand Budda hali yer bo‘ylab yurmagan va o‘z mahramlariga ilm nurini sochmagan bir zamonlar birvaglar davomi…

Gabriel Garsia Markes. Jazirama (hikoya)

Poyezd alvon-alvon qoyalar oralig‘idagi po‘lat izdan larzalanib chiqib, bananzor oralab pishqira ketdi. O‘ngda ham, so‘lda ham – hamma yoqda bir xil — bananzor, oxiri ko‘rinmaydi. Havo nam tortib, dengizdan kelayotgan epkin sezilmay qoldi. Vagon derazasidan ko‘ngilni aynitadigan achchiq tutun yopirildi. davomi…

Sabohaddin Ali. G‘ozlar (hikoya)

Dudu qo‘lida maktub bilan shoshilgancha muallimining uyiga bordi. – Shuni o‘qib ko‘ring, oling, – dedi hovliqib, – Sayid jo‘natibdi! Qishloqda bekorchilikdan zerikkan muallim Duduning iyagi ostidan to‘g‘ri ochiq ko‘ksiga ko‘z tashladi. Ayolning oppoq badaniga kiyimi yengilgina soya solgan tasvir muallimni davomi…