Al-Hakim at-Termiziy: Saraton xastaligi va uning davosi haqida

Volidai muhtaramam Tanzila bintining poylaridan, (tovonlaridan) o‘lim yarasi o‘sa boshladi. (Rak xastaligi nazarda tutilgan G.X.). Bu yara kundan-kunga o‘sa boshladi. Onam o‘zlarining hollarini bilgach, talvasaga tushib qolgan edilar. Kamina ham onaizorimning vafotlari yaqin ekanligini his qilganim sari Allohdan shu zaifaga umr tilardim. To‘qqizinchi kuni onamning yaralari ancha yiriklashdi. Men peshin namozini o‘qiganimdan keyin, Xizr Alayhissalomdan saboq olishga Jayxun kunarasiga bordim. Kamina har to‘qqiz kunda u zoti oliy bilan hamsuhbat bo‘lardim. Bergan saboqlarini kitobat qilardim. Bu ro‘z ul zot kaminaning xafaholligimni ko‘rib,erdin qumloqni solari bilan qozib, yettita tuxumni qo‘limga tutdilar-da: «Buni volidangni poyiga surtgin», -dedilar. Kamina ul kishining aytganlarin bajo keltirdim. Volidamning oyoqlarini tizzlarigacha bu tuxumni surtdim. So‘ng onam butun a’zolaridan ter va zardobdek hid chiqardilar, a’zolari yumshoq bo‘lib qolgan edi. Tanning yumshoqligini hech narsa bilan almashtirib bo‘lmasdi. Qo‘lga momiqdek muloyim tuyildi. Men onam mumdek erib, olamdan o‘tmoqda deb o‘ylardim. Yana ustozim ko‘z oldimda gavdalandi. «Volidang bir necha soniya orom olishlari kerak», — dedilar. Shundan so‘ng 10-15 daqiqadan keyin volidam aksa urdilar. Vale, ul zaifaning oyoqlarini ko‘rishga qo‘rqib turardim. Volidam necha daqiqalardan so‘ng «O‘g‘lim, bizga Yaratganning rahmi kelsin, dard berguvchi ham o‘zi olguvchi ham o‘zlari, dard bergan Mavlom davosini ham beradi, siz hech qo‘rqmasdan bog‘lagan malhamingizni yechib ko‘ring», — dedilar. Shundan so‘ng kamina bog‘lagan malhamimni yechib ko‘rdim.

Volidamning oyoqlaridagi yaraning bir sanochicha qolgan edi. Bu Allohning irodasi, dard bergan Egamning bergan davosi edi. Volidam o‘rinlaridan turishga oshiqardilar, kamina ersa, onaizorimni o‘rinlaridan turishga hollari yo‘qligini bila turib, ruxsat berolmadim. Vale, volidam kaminaning ruxsatini hurmat etar edilar. Ba’ad volidam, juda sermulohaza bo‘lib, oqila ayol bo‘lganliklaridan ham ulus oldida katta hurmatga ega edi. Tanzila bonu betob deb Balxdan ham do‘stlari ahvollashur erdi.

Volidamning oyoqlariga ikkinchi tuxumni ham erta tongdan bog‘ladim. Endi volidam hech qanday og‘riq sezmayotganligini tez-tez takrorlardilar. Kamina bu muolajani uch kun davom ettirdim. Volidamning oyoqlarida darddan asar ham qolmadi. Darddan batamom forug‘ bo‘ldilar.

Volidai muhtaramam birla maslahat qilib bu tuxumning nimaning tuxumi ekanligini va bu tuxumda Allohning yana qancha mo‘’jizalari borligini o‘rganmoqchi bo‘ldim. Jayxun kunarasi bo‘ylab qadim kechuvgacha ayov qum kechib yura boshladim. Ustozim men birla sayr qilar va meni yolg‘iz uchratib qolsalar «Qutub»lar oldiga olib borardilar. Allohning yetti mo‘’jizasidek, men ham yetti qutub bilan suhbatlashar erdim.

Bu «Qutub»lar, «Abdol»lar, «Niqob»lar har «Qirq» kunda to‘planishar, kaminaga ularning darajalariga yetmoqlik uchun Alloh oldida hali beminnat xizmat qilmog‘i lozim edi.

Volidamni Alloh izni bilan shifo topishlariga ko‘maklashganimdan so‘ng, yana Jayxun kunarasi bo‘ylab kelayotganimda «Qutub»lar peshvosi Hazrati Xujayi Xizr alayhissalom tong gumbazidan kelayotgan edilar. Biz juda ko‘p narsalar haqida suhbatlashdik. Ul muborak zot volidamning ahvollarini so‘radilar. «Allohga shukur va hamdu sanolar bo‘lsin volidai muhtaramam o‘z oyoqlari bilan yurayaptilar», — dedim, «Har bir ishingizdan Alloh rozi bo‘lsin», dedilar.

Shundan so‘ng kamina o‘shal tuxumning nimaning tuxumi ekanligini so‘rashga botinolmay turgan edim. Ustozning o‘zlari: «Bu toshbaqaning tuxumi, u har qanday o‘simtani daf qiladi», dedilar.

Bu tuxum saratonning qanday turlarini daf qilishi mumkin, degan fikrda turganimda, yana ustoz: «Bu tuxum saratonning har qanday turida ham foyda beradi, vale saraton erkanligini aniqlamoq darkor. Saraton (o‘lim yarasi) har qanday betoblikdan so‘ng ham paydo bo‘lishi mumkin. Buni ko‘pchilik bedavo dard deb kelmoqdalar. Vale Alloh taolo dard beribdimi, uning davosini ham beradi», dedilar.

Saratonning har qanday turlarida men muolajani tajriba qilib ko‘rdim. Juda og‘ir holatlarida, iste’mol ham qildirdim. Vale surunkali buyrak kasalliklarining (hozirgi fanda plinevrit — G.H.). O‘n bir-o‘n ikki turida men shu muolajadan foydalandim.

1. Buyrak xaltachasining yaralanishi (yallig‘lanishi bo‘lsa kerak G.H.). Bu betoblikda toshbaqa tuxumi belning buyrak sohasiga uqalab (massaj qilib) so‘ng surtiladi.

2. Buyrak bezlarining yallig‘lanishida, agar toshbaqaning tuxumi topilmasa, uning o‘zini so‘yib, toshchalari maydalanib, sho‘rva qilib qaynatiladi, vale olti-etti soat qaynatilmog‘i lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng silta holatiga kelgandan keyin, tuzsiz pishirilgan toshchalar bel sohasiga bog‘lanadi, bu saraton bo‘lib ketmasligini oldini oladi.

Bilaks tuxumdek foyda qilolmaydi, ta’bi tortsa, o‘limdan qolmoq istasa Allohga tavakkal qilib, shifo uchun iste’mol qilsa, yaxshi foyda beradi, vale tuzsiz iste’mol qilsin.

3. Buyrak qotib qolgan yoki qurigan deb taxmin qilinsa, toshbaqaning tuxumini obdon surtish kerak, bir necha soatdan so‘ng yana tuzsiz sho‘rvadan ichirib va yana tuxumdan surtish kerak bo‘ladi, bu Ipak yo‘lidan o‘tayotgan bir gurjistonlik savdogarga shu muolajani qilgan edik, o‘n bir kundin so‘ng o‘z yurtiga karvon bilan ketdi.

Buyrak xastaliklarining o‘n bir-o‘n turida ham men toshbaqaning go‘shti, toshi, tuxumidan foydalandim.

Vale barchasini Alloh bilguvchidir.

«Sharhi ilmi at-tib al-Hakimiya» kitobi asosida nashrga tayyorlovchi:
Gulsum Xo‘jamshukurova
“Hurriyat” gazetasidan olindi.

TaHririyatdan:

Maqolada saraton xastaligini davolash xususida aytilgan mulohazalar munozarali, bahstalab bo‘lishi mumkin. Zamonaviy tibbiyotda bu borada mutlaqo boshqacha qarashlar tan olinishi bor gap. Lekin yurtimizda ko‘p asrlar davomida xalq tabobati ham rivoj topib kelgan. Ulug‘ allomalarimiz turli tabiiy usullari vositasida ko‘plab xastaliklarga davo topishgan. Qolaversa, ilohiyot bilan bog‘liq mo‘’jizalarga bugungi fan ham ojizdir. Qadimgi manbalar asosida tayyorlangan ushbu maqola ham ana shu jihati bilan e’tiborimizni tortdi. Biroq bu bilan maqolada keltirilgan tavsiya ilmiy jihatdan isbotlangan hukm deyish fikridan yiroqmiz.


Зиё истаган қалблар Telegram каналига марҳамат!