Suv — bebaho ne’matning beqiyos imkoniyatlari

Ona zaminimizdagi elektr va issiqlik energiyasi hosil qilishda asqatadigan neft, gaz, ko‘mir kabi tabiiy boyliklar cheksiz emas, ular ertami-kechmi, baribir, tugaydi. Ayniqsa, odamzodning ularga nisbatan “ishtahasi” tobora “karnay” bo‘lib borayotgani bu jarayonni yanada tezlashtirmoqda. Shu bois energiyaning muqobil manbalaridan imkon davomi…

G‘ildirakdan boshlangan buyuk kashfiyotlar

Odamzodning jamiki maxluqotdan ustunligi-yu ulug‘ligini qarangki, u aqlini tanigani hamono hamma narsani o‘z izmiga bo‘ysundirishga intildi. Masalan, vaqtini tejash, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish yo‘lida ko‘p va xo‘p izlandi. Ayni maqsadda debochasiga ot, eshak, ho‘kiz, tuya, fil, it, davomi…

O‘ttiz yildan so‘ng…

Insoniyatga xizmat qilib kelayotgan minglab kasb-hunarlar asrlar davomida shakllanib, rivojlangan. Ba’zi kasb-korlar avloddan-avlodga o‘tib, sulolalar paydo bo‘ladi. Yangi kasblar-chi? Taraqqiyotning naqadar tezlashganini qarangki, endilikda har chorak, har oyda yangi kasb paydo bo‘lib, taomilga kirsa-da, birov hayron bo‘lmaydi. Ko‘pchilikning esida: bundan davomi…

Sun’iy zehn

Nihoyasiz raqobatdosh nazariyalar Odamzod aql yordamida har doim o‘z ishini yengillatib kelgan. Og‘ir mehnatni boshqa vositalar yordamida osonlashtirish insonga xos. Uning jismoniy «dastyorlari» sifatida ot, eshak, tuya va yana bir qancha jonli vositalarni keltirish mumkin. Jonsiz «yordamchilari»ga richag, arava, mashina, davomi…

Tunda ko‘rish texnikasi

Inson ko‘zining boshqa sezgi a’zolari kabi imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, belgilangan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlarnigina ko‘ra oladi. Bu chegarani kengaytirishning iloji bormi? Nega hamma nurlarni ko‘rolmaymiz? Infraqizil nurlarni ko‘rsatuvchi texnik vositalar qanday ishlaydi? Ularning vazifasi nimalardan iborat? O‘ylaymizki, bu kabi qator davomi…

Silikon vodiysi: yuksak texnologiyalar vatani

Elektron va kompyuter texnikasi sanoati ob’ektlari, ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning davomi…

Nanotexnologiya nima? Kvant chuqurliklar, kvant simlar va kvant nuqtalar-chi?

Muhandislik faniga aylanmoqdaMa’lumki, klassik mexanika moddiy zarralarning aniq chiziqlar, ya’ni traektoriyalar bo‘ylab harakat qilishini miqdoriy qonuniyatlar yordamida o‘rganadi. Bunda zarraning boshlang‘ich holatini ifodalovchi shartlar ma’lum bo‘lsa, kelgusida uning qanday bo‘lishi ham aniqlanadi. Oqibat, fanda chuqur iz qoldiradigan va olamning mexanik davomi…

“Varaqlanmaydigan” kitob (2010)

Kitobga insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. Avvaliga bunga televizorni ro‘kach qilgan bo‘lsak, endilikda kishilarning asosiy axborotni kompyuter orqali internetdan olayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shu sabab yuzaga kelgan turlicha davomi…

Silindr ostidagi tafakkur labirintlari

Mantiqiy masalalar, intellektual o‘yinlar aqlni charxlash, fikrlashni yanada teranlashtirishga xizmat qiladi. Shaxmat, shashka, Rubikning kubiklari, sonlarni ketma-ket yig‘ish, aralash parchalardan yaxlit tasvir hosil qilish kabi ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar odamlarni mudom o‘ziga tortib kelgan. Yaqinda britaniyalik olimlardan biri tafakkur olamiga yana davomi…