Ulug‘bek

Muhammad Tarag‘ay (1394 yil 22 mart, Sultoniya shahri, Eron Ozarbayjoni – 1449 yil 27 oktyabr, Samarqand) (1409-1449) Ulug‘bek o‘zbek xalqi tarixida buyuk astronom va matematik, davlat arbobi sifatida iz qoldirgan. Shohruxning o‘g‘li, Amir Temurning nabirasidir Sohibqironning “besh yillik yurish”ida (1392-96) davomi…

Abdullatif

(1423–1450) (1449-1450) Movarounnahrda 1449-1450 yillarda hukmronlik temuriy hukmdor. Ulug‘bekning o‘g‘li. Shohrux saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qo‘shinning o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilgan. Gavharshod begim va tarxon amirlar Shohrux o‘limidan so‘ng (1447) Abdulatifni oliy bosh qo‘mondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga o‘tqazishgan. davomi…

Abdulla Mirzo

(1433-1451) (1450-1451) Movarounnahr hukmdori (1450-1451). Temuriylardan. Ulug‘bekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh bo‘lgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsiddin Sheroziy boshqargan. 1447 yil amakivachchasi Sulton davomi…

Sulton Abu Said

Sulton Abu Said Mirzo ibn Sulton Muhammad (1424-1469) (1451-69) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr (1451-69) va Xuroson (1458-69) hukmdori. Mironshohning nabirasi. Shohruh va Ulug‘bek vafotidan so‘ng Temuriylar davlatida boshlangan taxt uchun kurash chog‘ida Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif tomonidan Buxoro zindoniga tashlangan. Abdulatifning o‘limidan davomi…

Sulton Ahmad Mirzo

(1451 yil, Samarqand – 1494 yil, Oqsuv mavzesi, O‘ratepa) (1469-1494) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori (1469-1494). Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li. Onasi – O‘rda Bug‘a Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z davomi…

Sulton Mahmud Mirzo

(1453 – Samarqand – 1495 yil) (1494-1498) Samarqand hokimi (1494-1498). Temuriylardan. Abu Said mirzoning 3-o‘g‘li. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469)dan so‘ng Termiz, Chag‘oniyon, Hisor, Xatlon, Quduz, Badaxshon va Hindikush tog‘larigacha bo‘lgan yerlar uning tasarrufiga o‘tgan. davomi…

Sulton Ali Mirzo

(1483-1500) (1498-1500) 1498-1500 yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan so‘ngi temuriy hukmdor. Sulton Mahmud Mirzoning 3-o‘g‘li. Onasi – Zuhra begim. Otasining vafotidan so‘ng Qarshi viloyati hokimi bo‘lib, keyinchalik akasi Boysung‘urdan Buxoroni (1497 yil dekabr), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros davomi…

Shayboniyxon

Sulton Muhammad Shayboniyxon ibn Budoq Sulton ibn Abulxayrxon (1451-1510), (1500-1510) «Shayboniylar sulolasi» asoschisi (1500-1510), Abulxayrxonning nabirasi, Budoq sultonning o‘g‘li. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra ikki ism – Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. davomi…

Ko‘chkunchixon

Ko‘chkunchixon ibn Abulxayrxon (ko‘chim) (?-1530-y.) (1510-1530) Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxon va Robiya Sultonbegim (Ulug‘bek mirzoning qizi)ning farzandi, Shayboniyxonning amakisi. Shayboniyxon tomonidan Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan(1503-1509-y.). Movorounnahr xoni (1510-1530-y.). Shayboniylarning Movarounnahrni bosib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. davomi…

Abu Saidxon

Abu Said ibn Ko‘chkunchixon (?-1533-y.) 1530-1533 yillarda shayboniylar hukmdori. Uning davrida Movarounnahrda shayboniylar o‘rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun o‘zaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi bo‘lmish o‘z vaziri Ofoq Xojaning mudiri edi.


Maqolalar mundarijasi