Abituriyentlar uchun eng foydali maslahatlar

Sanoqli kunlardan keyin oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Ayni paytlarda esa aksariyat abituriyentlar bilim olish, maktab va kollejlarda egallagan bilimlarini takrorlashga qattiq kirishgan. Kimdir repetitor yollab, mashg‘ulotlarga qatnayotgan bo‘lsa, kimdir mustaqil shug‘ullanmoqda. Uztest.uz sayti abituriyentlarga imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha bir qator foydali tavsiyalarni ishlab chiqdi. Ularga rioya qilish tayyorgarlik, bilimlarni sinovdan o‘tkazish va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi. Demak, bo‘lg‘usi talabalar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan tavsiyalar quyidagilardan iborat.

Vaqtingizdan unumli foydalaning

Ayrim abituriyentlar imtihon boshlanishiga bir kun qolganda: “Qaniydi yana bir hafta vaqt berilsayu yaxshilab takrorlab olsam”, deb orzu qiladi. Bunday holga tushib qolmaslik uchun sinovlarga vaqt borida tayyorgarlik ko‘rib borish kerak. Buning uchun vaqtingizni samarali taqsimlab chiqing. Har xil foydasiz mashg‘ulotlar, “Odnoklassniki”, “Feysbuk” yoki Telegram uchun qimmatli vaqtingizni isrof qilmang.

Miyaga zo‘riqish beradigan ortiqcha axborotlardan xalos bo‘lishga harakat qiling. Buning eng to‘g‘ri yo‘li — ijtimoiy tarmoqlar, do‘stlar bilan uchrashuv va suhbatlardan imtihongacha uzoqlashish. Agarda bu qo‘lingizdan kelmasa, sevimli resurslarga kiradigan vaqtingizni cheklang — kuniga 10-20 daqiqadan oshmasin. Aks holda ulgurmasligingiz mumkin.

To‘g‘ri ovqatlaning

Unutmang, miyaning yaxshi ishlashi uchun unga yetarli miqdorda suyuqlik kerak. Shuning uchun doimo o‘qiyotgan vaqtda oldingizda ichishga suv yoki ko‘k choy bo‘lsin.

Shifokorlar abituriyentlar ertalabki nonushtaga katta e’tibor qaratishi kerakligini uqtiradi. Ertalabki ovqat kishiga kun davomidagi zarur energiyani beradi. Ertalab organizm “uyqudan uyg‘onishi” uchun bir stakan suv iching, oradan qanchadir vaqt o‘tib ovqat yeng. Nonushta kletchatka va oqsilga boy bo‘lishi shart: suli bo‘tqasi (ovsyanaya kasha), tuxum, yog‘siz tvorog, pishloq, yong‘oq, xo‘l va quruq mevalar.

Tushlik va kechki ovqatda V guruhiga mansub vitaminlar va temirga boy mahsulotlar — qizil go‘sht va jigar, baliq, yirik maydalangan bug‘doy va boshoqli o‘simliklar unidan yopilgan non, rangli karam, qo‘ziqorinlar koni foyda. Ovqatlanishlar orasida ham yengil tamaddi qilib olishni unutmang. Lekin konfet, chips, gazli ichimliklar kabi kimyoviy moddalar qo‘shilgan yeguliklardan uzoqroq bo‘ling, ular o‘rniga meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ba’zida qora shokolad yeb turing. Uning achchiqrog‘ini tanlang — miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi.

O‘qishga aql bilan yondashing

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik vaqtida katta hajmdagi axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, tabiiyki, bu paytda organizm charchaydi. Tayyorgarlik vaqtida qiynalib qolmaslik uchun tanaffus qilib turishni ham unutmang. Har 40-50 daqiqada 10-15 daqiqa dam olish tinimsiz 8 soat o‘qigandan ko‘proq foyda beradi.

O‘qigan narsalarni esga olib turish ham kerak: dastlab mavzuni o‘qigandan 15-20 daqiqadan keyin bir esga oling, 8-9 soatdan keyin takrorlang, bir sutkadan keyin yana eslang. Har bir takrorlashda xatolarga diqqat qarating va ularni tahlil qiling. Biror ma’lumotni 2-3 daqiqa davomida eslashga urinib ko‘ring, eslolmasangiz, kitobni ochib, o‘qib ko‘ring.

Mashg‘ulotlar turini almashtirib turing

Doimo bitta mashg‘ulot bilan band bo‘lish odamni zeriktirib, ishtiyoqini so‘ndirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun uzoq vaqt o‘qish yoki ma’ruza eshitishdan keyin toza havoda sayr qilish, yugurish, bir joyda sakrash, so‘ngra test yoki mashq yechish foydali. Mashg‘ulotlar turining almashib turishi miyani tez charchashdan xalos etib, o‘qish uchun yangi kuchlarni to‘plashga yordam beradi.

Bilimlarni vizuallashtiring

Sxemalar, jadvallar va diagrammalar abituriyentning eng yaqin do‘stlaridir. Vizual holatda berilgan informatsiya miyada osonroq esda qoladi. Ularni o‘zingiz tayyorlasangiz, yanada yaxshi. Chunki bu xotira san’ati – mnemonikaning ayni o‘zidir. Vaterloo universiteti (Kanada) olimlarining ta’kidlashicha, chizish — eslab qolishning eng samarali usulidir. Vizual “shpargalka”larni yaratish uchun rangli flomaster va ruchkalardan foydalaning. Ular yordamida eng muhim ma’lumotlarga belgi qo‘yib boring.

Uztest.uz — virtual imtihon xizmatidan foydalaning

Kirish imtihonida taxminan necha ball to‘play olishingizni bilish uchun Uztest.uz saytiga kirib turing. Ushbu saytga kompyuter, planshet yoki smartfon orqali kirish mumkin. Haqiqatga yaqinlashtirilgan virtual imtihon topshirgan holda asosiy sinovlarga qay darajada tayyor ekaningizni bilib olasiz. Natijada real bilimingizga baho berib, xatolar, ojiz tomonlaringiz ustida ishlash, kamchiliklarni vaqt borida bartaraf etish imkoniga ega bo‘lasiz.

Uztest.uz saytining afzalliklari nimada?

  • Test savollari barcha fanlar va mavzular bo‘yicha taqdim etiladi;
  • testlar haqiqiy imtihondagidek uch blokda, belgilangan vaqt ichida taqdim etiladi;
  • adolatli reyting tizimi joriy qilingan;
  • ta’limga oid dasturlar taqdim etilgan.

Uztest.uz boshqalardan nimasi bilan farqlanadi?

  • Testlar o‘quv standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, takrorlanmaydi. 
  • Abituriyent tushunishi uchun javoblarga izohlar berilgan. 
  • Natijalar bo‘yicha bilim va salohiyatingiz qaysi oliy o‘quv yurtiga mos kelishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasini tanlab imtihon topshirishingiz ham mumkin. 

“Erkin” test rejimda fan va mavzular bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan imtihon topshirish mumkin!

“Nazorat” va “Avto nazorat” rejimlari uchun to‘lovlarni Paynet yoki Click orqali amalga oshirishingiz mumkin. 

Uztest.uz virtual imtihon xizmatidan foydalanish qulay, oson va foydali. 

Bundan tashqari, quyidagi linkni bosib Uztest.uz saytining Telegramdagi kanaliga ulanishingiz va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turishingiz mumkin.