Ulug‘bek Usmonov. Frantsuz adabiyotida­ sharq talqini

 (Amin Maalufning “Samarqand” romani misolida) Tarjimonlarni turli ellar o‘rtasidagi oltin ko‘prikka qiyos etadilar. Yurtimizda tarjimashunoslik maktabi asosan XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangani yaxshi ma’lum. Tarjimashunoslik ilmining rivojlanishida G‘aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Qudrat Musayev, Jumaniyoz Sharipov kabi atoqli olimlarning salmoqli xizmatlari davomi…

Shomirza Turdimov. «Kalava»ning kalavasi

Qo‘rg‘on baxshilari dostonchilik san’ati, baxshi-shoirlikning qimmati, dostonu termalarning ijro jarayonidagi o‘rniyu bahosi haqida bildirilgan muhim nazariy fikrlardan biri shuki, «Ko‘pkaridan avval qoqma bo‘ladi, qoqmada chavandoz otini sovitadi. Terma ham dostonning qoqmasidir». Olimlarning tilida baxshilarga xos, o‘ta hayotiy tarzda, nihoyatda obrazli yo‘sinda aytilgan bu davomi…

Gulnoz Mamarasulova. Yevropa romantizmi va “Ming bir kecha”

XVI asr mobaynida yevropalik sayyohlar va savdogarlar o‘z mamlakatlari mahsulotlarini hind ziravorlari, Xitoy ipaklari va ayrim yapon narsalari bilan ayirboshlash maqsadida Osiyo xalqlari tomon yo‘l olishdi. Avvaliga ispaniyalik va portugaliyaliklar Sharq bozorida yetakchilikni qo‘lga olishgan bo‘lsa, XVII asrning o‘rtalarida Gollandiyaning davomi…

Charli Chaplin. To‘liq metrajli hayot (esse)

Ma’yus ko‘zlar, qo‘ng‘izcha mo‘ylov, kichkina aso va qora gardishli shlyapa… Ha, bu o‘sha mashhur Daydi, o‘sha Chaplinning o‘lmas timsoli bo‘lib qolmoqda. Jahon kinosining buyuk darg‘asi, britaniyalik aktyor va rejissyor Charli Chaplinning ijodi mana asr oshdiki, hali-hanuz o‘z qadr-qiymatini yo‘qotmay, noyoblik davomi…

Gulnoz Mamarasulova. G‘arb adabiyotida “oriyentalizm”

Ingliz tiliga “Orientalism” deya tarjima qilinadigan “sharqshunoslik” atamasi – G‘arb va Sharq mamlakatlarining madaniy aloqalari rivoji hosilasi hisoblanib, Sharq olami, uning tillari, madaniy merosi, tsivilizatsiyasi, uning o‘tmishi va buguniga oid ma’lumotlarni o‘rganishni, hamda tadqiq qilishni anglatadi. Yevropada tarixchi olimlar o‘rtasida davomi…

Mo‘min Hoshimxonov. Mashrab g‘azaliyotida tasavvufiy g‘oyalar

Mashrab g‘azallarida bu otashin shoir o‘zidan oldin yashagan mutasavvif ijodkorlarning asarlarini o‘rganib, ularning ta’limot va tasavvufiy qarashlarini rivojlantirganini ko‘ramiz. U “Al-faqru-faxr” – faqirlik faxrimdir” g‘oyasi mohiyatidagi mazmunni idrok va mushohada etgani holda tasavvufning qalandariya tariqati asosida el-yurtga ma’rifat tarqatdi. Dunyoni davomi…

Igor Klex. Masalning xazina dunyosi

Odamlarni masal bilan ovuntirish haqida Insonga uning ulug‘vorligini ta’kidlamay turib maxluqqa monandligiga ishontirish xavfli ishdir. Ammo uning pastkashlikka moyilligini aytmasdan ulug‘vorligiga ishontirish xavfi ham bundan kam emas. Yanada xavfli tomoni – insonning fe’l-atvori ikki taraflamaligini ochib tashlamaslikdir. Eng ma’quli – davomi…

Ahmadjon Meliboyev. “O‘tkan kunlar”ning o‘tmagan tili

O‘quvchilik yillarimiz qishloq oqsoqoli Abdullajon buva mahalla yoshlariga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan parchalar o‘qib berardi. Buning evaziga biz u kishining ekin-tikinlariga qarashib turardik.  O‘shanda bizni ikki kundosh o‘rtasidagi janjal emas, Homid boshliq jinoyatchilarning qilmishi, Otabekning bir o‘zi uch kishini davomi…

Abdildajan Akmataliyev. Chingiz Aytmatov ijodida inson va kosmos munosabatlari

Bir  vaqtlar qirg‘iz shoiri Jo‘mart Bo‘kanboyev: “Shunday vaqt keladiki, qirg‘iz adabiyoti yurt hududidan chiqib, Yevropa bo‘ylab, dunyo bo‘ylab qadam tashlaydi, dunyo adabiyotining kichik bo‘lsa ham, munosib bir tarkibiy qismi bo‘lib qoladi”, degan, shunga ishongan edi. Ko‘rib turibmizki, u haq bo‘lib davomi…