Yo‘ldosh Eshbek. Adabiyot millat ustunidir

Men tug‘ilgan paytlar urush tugab, dasturxonlar to‘kinlashib ulgurgan edi. Uyimizda kitob ko‘p bo‘lar­di. Uzun qish kechalari qo‘shnilar yig‘ilishib kitobxonlik, qissaxonlik, dostonxonlik qilishardi. Alim Baxshi Haqqul o‘g‘li degan hassos baxshi bor edi. Shomdan tonggacha “Kuntug‘mish”ni kuylab charchamasdi. Asli zarbandlik. Baxshilikni birovdan davomi…

Ismoil Shomurodov. Asl adabiyot haqida o‘ylar

«Xos»lar kimlar? «Ommaviy madaniyat»ning millat ongini qamrab olishiga qarshi kurasharkanmiz, ko‘pincha, uni kompyuter o‘yinlari, nobop kinolar va ko‘rsatuvlar orqali kirib keladi deb o‘ylaymiz. U faqat o‘qimagan, ilmsiz kishilarnigina komiga tortmoqda, degan fikr ham o‘rinsiz. E’tibor berganmisiz, A.Kamyu, J.P.Sartrning asarlarida bayon davomi…

Naim Karimov. Najot adabiyotdadir

O‘tgan asrning 30-yillarida dunyoga kelgan avlod bilan hozir shakllanib borayotgan avlod o‘rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Bu avlod Ikkinchi jahon urushining tahlikali yillariyu, urushdan keyingi davr mashaqqatlarini boshidan kechirdi. 50-60-yillarda esa “zulm saltanati”da yashagani va yashayotganini tushunib, “g‘urur” nimayu, davomi…

Ibrohim G‘afurov. Hayot – muallim

Gapni uzoqroqdan boshlasammikin deyman. 1945-1946 yillarning ko‘klami, kunlar ilib, ko‘k­simiz uzoq qishdan so‘ng yayrab qolgan. Toshkentning shimol tomonlarida chakalakzor, do‘lanazorlar oralab ajib bog‘lar bag‘rida qamish tomli, yakkasinch, guvala uyli Teshik qopqa mahallasi joylashgan. Pochcham va otam urushdan qaytishdi. Pochcham temir davomi…

Oydin Hojiyeva. Yo‘limdagi chiroqlar

Bolalikning xotiralari nurli chiroqday doim inson yo‘llarini yoritib turadi. Kim biladi, balki bekinmachoq o‘ynab yurgan kezlaring, dugonalar bilan “to‘ptosh”, “beshtosh” o‘ynagan paytlaringdagi beg‘uborliklar she’rning daragiga o‘xshar. Qishloq to‘ylarida Sarvar xola, Robiya xolalarning yurakni sel qiladigan termalaridan ko‘ngilga she’riyatning shu’lasi tushgandir. davomi…

Iqbol Mirzo. Ulug‘im

Muhammad aka o‘z she’r­lariga quyib qo‘ygandek o‘x­shardi: sodda, rost, samimiy… Aytgancha, samimiy de­gani nimani anglatadi, bi­rodari aziz? Ko‘p ishlatilganidan dehqonning ketmonidek yaltillab ketgan bu so‘zning qiyofasi qanaqa? “Uning she’rlaridan samimiyat balqib turadi”, deb yozishadi olimlarimiz. Hech tasavvur qilolmayman-da. Yoki bu davomi…

Abdulhamid Nurmonov. Co‘z mulkiga sayr

Talabalik va aspirantlik yillarimizda Erkin Vohidovning nomi yoshlar o‘rtasida juda shuhrat topgan, shoirning, ayniqsa, “O‘zbegim” qasidasi el o‘rtasida og‘izdan tushmaydigan bo‘lib qolgan edi. Shu davrlarda men Erkin Vohidov qiyofasida, nimagadir, Alisher Navoiyni tasavvur qilardim. G‘azallarining purma’noligi, ohangining serjiloligi Navoiyni eslataverar davomi…

Umarali Normatov. Zahmatkash olimning sharafli yo‘li

1972 yilning sentyabri. Milliy universitet o‘zbek filologiyasi fakulteti birinchi kursida hozirgi adabiy jarayon fanidan mashg‘ulotlar boshlaganman. O‘n yildan beri kamina olib boradigan bu kursning bosh vazifasi – filolog talabalarni joriy adabiy jarayon olamiga olib kirish, ularda so‘z san’ati va adabiyotshunoslik, davomi…