Xosiyat Bekmirzayeva. Navoiy va Bobur

Navoiyning ideal hukmdor haqidagi orzulari Bobur faoliyatida muayyan darajada aks etgan. Bobur o‘zi tuzgan “Buyuk imperiya”da islohotlar o‘tkazgan va mafkurasini mustahkamlagan. Buning nazariy asoslarini yaratish maqsadida diniy‑falsafiy asarlar, harb ishiga oid kitoblar yozgan. “Mubayyin” va qator risolalari bunga dalildir. Alisher davomi…

Italiyada mashhur bo‘lgan kitob Navoiydan o‘g‘irlanganmi?

Kirish so‘z o‘rnida … Navoiy g‘azaliyotini ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotimni endi boshlagan kezlarimda ustozim, navoiyshunos olim, professor Sh.Sirojiddinov “Navoiyni xorijliklarga taqdim etishdan avval uning jahon adabiyotiga ta’siri masalalari isbotlab berilishi kerak. Bertels o‘z asarlaridan birida G‘arb adabiyotidagi davomi…

Nusratullo Jumaxo‘ja. Mashhur g‘azal tahlillari tadqiqi

“Qaro ko‘zum…” Alisher Navoiyning olimlar, shoirlar tomonidan eng ko‘p va xo‘b o‘rganilgan g‘azallaridan biridir. Ushbu g‘azal tahliliga oid Erkin Vohidov, Matyoqub Qo‘shjonov, Alibek Rustamov, Ismatulla Abdullayev, Najmiddin Komilov, Abdulla A’zamov, Boybo‘ta Do‘stqorayev, Ismoil Bekjonov va kaminaning maqolalari e’lon qilingan. G‘azalning davomi…

Shafiqa Yorqin. Izdoshlikmi yoki fikrdoshlik

Amir ul-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy qasidalari ko‘p emas. Fors tilidagi “Tuhfat ul-afkor” qasidasi falsafiy fikrlari, badiiy san’atlari bilan yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Ko‘pincha, qasida, deganda madhiya va marsiyalar nazarda tutiladi, chunki g‘aznaviylar va saljuqiylar davrida Unsuriy, Farruxiy, Asjadiy, Zohir Faryo­biy kabi davomi…

Abdurahmon Pirimqulov. Attorga ta’zim

Shayx Fariduddin Attor bashariyat adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri rivojida bemisl rol o‘ynagan allomalardan biri hisoblanadi. Attor tavalludi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagani bois olimlarimiz tadqiqotlarida turfa ma’lumotlarga duch kelamiz. U kishi 1145 yillar chamasida Nishopur biqinidagi Kadkana qishlog‘ida tug‘ilgan. Asli oti Muhammad davomi…

Otanazar Matyoqubov. O‘zbek musiqasi

Millat nomi, barhayot kuy va ashulalari hamda ularning ilmiy asoslarini ifodalovchi “o‘zbek musiqasi” so‘z birikmasini ustuvor tushuncha sifatida sarlavhaga chiqarilishining o‘zi zamon talabi va ijtimoiy ehtiyojlar nishonasidir. Darhaqiqat, O‘zbekiston azaldan jahonshumul musiqiy qadriyatlar diyori: bu zaminda asrlar davomida shakllangan mushtarak davomi…

Qosimjon Sodiqov. “Xuastuanivt”ning qadimgi turkiy versiyasi

Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o‘rta asrlardagi tsivilizatsiyasi turli diniy-falsafiy qarashlar kesishgan nuqtada yuz berdi. Ulug‘ bobolarimizning islomga qadar sig‘ingan, falsafiy-ma’naviy qarashlari tarixida sezilarli iz qoldirgan dinlaridan biri moniylikdir. Moniylik III yuzyillikda Bobilda yaratildi. So‘ng bir yog‘i Andalus, boshqa bir yo‘nalishda davomi…