Horun Yahyo. Koinotdagi mukammal muvozanat va uyg‘unlik

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) kurmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4-oyatlar)

Koinotdagi milliardlab yulduzlar va galaktikalar ular uchun tayinlab qo‘yilgan yo‘llardan mukammal bir muvozanatni saqlagan holda harakat qiladi. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlar nafaqat , o‘z o‘qi atrofida, balki ular kiradigan sistema bilan ham birgalikda aylanadilar. Ba’zida 200-300 milliard yulduzdan iborat galak-tikalar bir-birlarining yo‘llarini kesishgan holda harakatlanadi. Hayratga solarli tomoni shundaki, koinotdagi bunday ajoyib tartibni barbod qilishi mumkin bo‘lgan biror to‘qnashuv yuz bermaydi. Bu shunday mo‘jizaki, u bizning hech birimizni befarq qoldirmaydi.

Koinotda tezlik tushunchasi yerdagi kattaliklar bilan taqqoslaganda juda katta o‘lchamlarni keltirib chiqaradi. Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va galaktikalarning konglomeratlari (ularning sonli xossalari faqatgina matematiklar tomonidan tushunilishi mumkin) milliardlab yoki trillionlab tonna og‘irlikka ega bo‘lib, g‘ayrioddiy tezlikda harakatlanadilar.

Misol uchun, Yer soatiga 1670 km (1038 milya) tezlikda aylanadi. Agar biz bugungi kunda eng tez uchadigan o‘q soatiga o‘rtacha 1800 km tezlikka ega bo‘ladi deb hisoblasak, biz Yerning ulkan hajm va massasiga qaramasdan qanchalik tez harakatlanayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Quyosh atrofida aylanayotgan Yerning tezligi o‘qning tezligiga qaraganda 60 marta katta: soatiga 108000 km. Agar biz mana shu tezlikda harakat qila oladigan mashina yarata olganimizda edi, u yerni 22 daqiqada aylanib chiqa olar edi. Bu raqamlar faqat Yergagina taalluqlidir.

Quyosh sistemasi uchun bu raqamlar undan-da hayratlanarli. Bu sistemaning tezligiga aql bovar qilmaydi: koinotdagi sistemalar qanchalik katta bo‘lsa, ularning tezligi ham shunchalik kattadir. Galaktikaning markazi atrofida Quyosh sistemasining harakat tezligi soatiga 720000 km ga teng. 200 milliard yoki undan ko‘proq yulduzga ega bo‘lgan Somon yo‘li koinot bo‘ylab soatiga 950000 km tezlikda harakat qiladi.

Bunday chigal va tez harakatli sistemada, shak-shubhasiz, juda katta to‘qnashuvlar bo‘lish xavfi bor. Biroq aslida bunga o‘xshash hech qanday voqea yuz bermaydi va biz batamom xavf-xatardan xoli o‘z hayotimizni davom ettiramiz. Chunki koinotdagi har bir narsa Alloh tomonidan o‘lchab qo‘yilgan benuqson muvozanatga ko‘ra amal qiladi. Mana shu sababdan ham, xuddi oyatda xabar berilganidek, bu sistemada «tafovut» mavjud emas.

KOINOTDAGI UYG‘UNLIK

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey, inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) qo‘rmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4-oyatlar)

Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. («Nuh» surasi, 15-oyat)

U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo‘lmagan va barcha narsani yaratib, (aniq) o‘lchovi bilan o‘lchab qo‘ygan zotdir. («Furqon» surasi, 2-oyat)

Tabiat va koinotdagi barcha sistemalar mashinadek o‘zidan-o‘zi harakat qiladi, ular orasidagi benuqson tartib va muvozanat tasodifiylik hosilasidir, degan da’vo bilan materialistik falsafa paydo bo‘lgan edi. Ammo bugun, materializm va darvinizmning noto‘g‘ri ekanligi (u ilmiy asos deb atalar edi) ilmiy jihatdan isbotlab berildi. (Qarang: Horun Yahyo. Evolyutsiya yolg‘oni. 8-nashr, Darvinizm rad etildi, 2003.)

XX asrda astrofizika va biologiya sohalarida birin-ketin jadal sur’atlar bilan qilingan ilmiy kashfiyotlar hayot va koinotning yaratilganligini isbotladi. Darvinizmning asoslari barbod bo‘lgach, Katta portlash nazariyasi koinotning yo‘qlikdan yaratilganini ko‘rsatdi. Kashfiyotlar moddiy dunyoda buyuk bunyodkorlik va hamohanglik mavjudligini aniqladi va materializm da’volarining asossiz xususiyatlarini uzil-kesil isbotladi.

Hayot uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutsak, faqat Yergina bu sharoitlar talabiga javob berishini ko‘rishimiz mumkin. Hayot kechirishga mos bo‘lgan muhit uchun bizning atrofimizda bir vaqtda va to‘xtovsiz sodir bo‘layotgan hisobsiz sharoitlar mavjud. Har birida o‘rtacha yuz milliard yulduz bo‘lgan bir necha yuz milliard galaktikalar bor. Hamma galaktikalarning, ehtimol, yulduzlarchalik ko‘p sayyoralari bordir. Mana shunchalik katta raqamlar oldida Yerda shunday yagona muhit paydo bo‘lishining ahamiyati to‘g‘risida bir oz mulohaza yuritsak yaxshiroq bo‘lardi.

Katta portlash kuchidan to atomlarning fizik qiymatlarigacha, to‘rt asosiy kuchdan to yulduzlardagi kimyoviy jarayonlargacha, Quyosh tomonidan chiqariladigan yorug‘lik turidan to suvning quyuqligigacha, Oyning Yergacha bo‘lgan masofasidan to atmosferadagi gazlar darajasigacha, Yerning Quyoshgacha bo‘lgan masofasidan to uning o‘z orbitasida og‘ishish burchagigacha, Yerning o‘z o‘qi atrofida qaysi tezliqda aylanishidan to okean va tog‘larning Yerdagi vazifasigacha har bir narsa bizning hayotimiz uchun juda ham mosdir. Bugungi kunda ilm-fan dunyosi bu xususiyatlarni «Antropik printsip» va «Uyg‘unlik» kontseptsiyalari vositasida tasvirlaydi. Bu kontseptsiyalar koinotning maqsadsiz, nazoratsiz, materiyaning tasodifiy to‘plami emas, balki uning inson hayoti tomon qaratilgan maqsadi borligi hamda juda aniqlik bilan bezatilganligini tushuntirib beradi.

Yuqoridagi oyatlarda Allohning yaratishida o‘lchov va uyg‘unlikka diqqat qaratamiz. «Bezatmoq, o‘lchamoq, o‘lchov bilan yaratmoq» ma’nosini anglatuvchi «taqdiir» so‘zi «Furqon» surasining 2-oyatidagi kabi Qur’on oyatlarida ishlatilgan. «Uyg‘unlikda, hamohang ravishda» ma’nosini anglatuvchi «tibaaq» so‘zi «Mulk» surasining 3-oyati va «Nuh» surasining 15-oyatlarida ishlatilgan. Shuningdek, Alloh «Mulk» surasida «farq, nomuvofiqlik, kelishmovchilik, mos emaslik, qarama-qarshilik» ma’nolaridagi «tafaavut» so‘zini vahiy qilganki, nomuvofiqlikni, nuqsonni izlagan kishilar uni topa olmaydilar.

XX asrning oxirlariga kelib ishlatila boshlangan «uyg‘unlik» atamasi oyatlarda vahiy qilingan bu haqiqatni oshkor qildi. So‘nggi chorak asr yoki undan ko‘proq vaqt mobaynida ko‘pdan-ko‘p olimlar, zakovat egalari va yozuvchilar koinotning tasodiflar majmuasi emasligi, aksincha, unda har bir mayda elementigacha inson hayoti uchun juda mos tushadigan g‘ayrioddiy sharoit va tartib borligini isbotladilar. Koinotdagi ko‘pchilik xislatlar uning ataylab hayotni ta’minlash maqsadida yaratilganligini yaqqol ko‘rsatadi. Fizik doktor Karl Giberson bu dalilni shunday tasvirlaydi:

1960 yillarda, ba’zi fizik olimlar shu narsani kuzatishdiki, bizning koinotimiz inson hayotining mavjud bo‘lishi uchun uyg‘un qilib ko‘yilgan ekan.10

Britaniyalik astrofizik professor Jorj F. Ellis bu uyg‘unlikka quyidagicha izoh beradi:

Ajoyib uyg‘unlik bu chigalliklarni osonlashtiradigan qonunlarda uchraydi. Amalga oshirilgan ishlarning qanchalik murakkabligini tushunib yetgach, «mo‘jizaviy» degan so‘zni, uning ontologik xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlatmaslikning iloji yo‘q.11

Katta portlash tezligi:

Katta portlash bilan o‘rnatilgan muvozanat va koinotning bir onda yaratilishi uning tasodifan vujudga kelmaganligini isbotlovchi dalillardan biridir. Adelaida universitetining matematik fizika sohasi bo‘yicha taniqli professori Pol Deyvisning fikriga ko‘ra, agar Katta portlash natijasida sodir bo‘lgan kengayish koeffitsiyenti bor-yo‘g‘i milliard milliarddan bir kismiga (1/1018) farq qilganda edi, koinot vujudga kelmagan bo‘lar edi.12 «Vaqtning qisqa tarixi» nomli kitobida Stefen Xoking koinotning kengayish koeffitsiyentidagi bunday g‘ayrioddiy aniqlikni quyidagicha e’tirof etadi:

Agar kengayish koeffitsiyenti Katta portlashdan bir soniya keyin, hattoki yuz million millionning bir qismigacha kichikroq bo‘lganda edi, koinot o‘zining hozirgi kengligiga yetmasdan oldinroq barbod bo‘lgan bo‘lar edi.13

To‘rtkuch:

Koinotdagi fizik harakat Gamonaviy fizika tomonidan e’tirof etilgan to‘rt kuch: tortishish kuchi, elektromagnitik kuch, qudratli (kuchli) atom kuchi va zaif (kuchsiz) atom kuchining o‘zaro ta’siri hamda muvozanati evaziga sodir bo‘ladi. Bu kuchlar bir-biriga nisbatan turli g‘ayrioddiy qiymatlarga egadirlar. Mashhur molekulyar biologiya mutaxassisi Maykl Denton bu kuchlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy muvozanatni shunday ta’riflaydi:

Agar, misol uchun, tortishish kuchi trillion marta kuchliroq bo‘lganda edi, unda koinot ancha kichik va uning hayot tarixi ancha kisqa bo‘lgan bo‘lar edi. O‘rtacha kattalikdagi yulduz Quyoshga qaraganda trillion marta kichikroq massaga ega va hayot davri taxminan bir yilcha bo‘lgan bo‘lar edi. Aksincha, agar tortishish kuchi kamroq bo‘lganda edi, hech bir yulduz yoki galaktikalar paydo bo‘lmagan bo‘lar edi. Boshqa shunga o‘xshash xususiyat va qiymatlar ham keskinlik bobida bundan qolishmaydi. Agar qudratli kuch bir oz zaifroq bo‘lganda edi, barqaror turadigan yagona element vodorod bo‘lgan bo‘lar edi. Boshqa atomlar mavjud bo‘la olmasdi. Agar u elektromagnitik kuchga nisbatan bir oz ortiqroq bo‘lganda edi, unda faqatgina ikki protonli atom yadrolari koinotning turg‘un bir bo‘lagi bo‘lar edi, bu esa bunday koinotda vodorod bo‘lmasligini va agar biror yulduz yoki galaktikalar paydo bo‘lsa, ular o‘zlarining hozirgi holatidan bugunlay boshqacha bo‘lishini anglatadi. Shubhasiz, agar bu turli kuchlar va o‘zgarmas kattaliklar o‘zlarining ayni paytdagidek puxta qiymatlariga ega bo‘lmaganida edi, na yulduzlar, na o‘ta yangi yulduzlar, na sayyoralar, na atomlar va na hayot bo‘lur edi.14

Samoviy jismlar orasidagi masofalar:

Samoviy jismlarning kosmosdagi taqsimoti va ular orasidagi ulkan bo‘shliqlar Yerda hayot mavjud bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Samoviy jismlar orasidagi masofalar juda qudratli samoviy kuchlar ta’sirida shunday hisob-kitob bilan belgilanganki, bu Yer yuzida hayotning mavjudligini ta’minlaydi. «Tabiatning taqdiri» nomli kitobida, Maykl Denton o‘ta yangi yulduzlar va yulduzlar orasidagi masofani shunday ta’riflaydi:

O‘ta yangi yulduzlar, shuningdek, barcha yulduzlar orasidagi masofalar boshqa sabablarga ko‘ra juda jiddiydir. Bizning galaktikamizdagi yulduzlar orasidagi masofa taxminan 30 million milyaga teng keladi. Agar bu masofa qisqaroq bo‘lganda edi, sayyoralarning orbitalari beqarorlashgan bo‘lar edi. Aksincha, bu masofa kattaroq bo‘lganda edi, unda o‘ta yangi yulduz tomonidan otiladigan parchalar shunday betartib tarqalar ediki, biznikiga o‘xshash sayyoralar sistemasi ehtimol hech qachon paydo bo‘lmagan bo‘lar edi. Modomiki kosmos hayot manbai bo‘lishi kerak ekan, unda o‘ta yangi yulduzlarning miltillashi juda aniq qiymatda sodir bo‘lishi va ular orasidagi, shuningdek, barcha yulduzlar orasidagi masofa hozirda kuzatilgan raqamlarga juda yaqin bo‘lishi lozim.15

Tortishish kuchi:

–     Agar tortishish kuchi kuchliroq bo‘lganda edi, Yer atmosferasida hayot uchun eng xavfli ta’sirga ega ortiqcha ammiak va metan yig‘ilib qolgan bo‘lar edi.

–     Agar u kuchsizroq bo‘lganda edi, u holda Yer atmosferasi ko‘p miqdordagi ortiqcha suv yo‘qotgan va bu hayotning bo‘lmasligiga sabab bo‘lar edi.

Er va Quyosh o‘rtasidagi masofa:

–     Agar bu masofa uzoqroq bo‘lganda edi, sayyora juda sovuq bo‘lgan, atmosferadagi suv aylanishi buzilgan va sayyora muzlik asriga mahkum bo‘lgan bo‘lar edi.

–     Agar Yer Quyoshga sal yaqinroq bo‘lganda edi, o‘simliklar yonib ketgan, Yer atmosferasidagi suv aylanishiga tuzatib bo‘lmas darajada talafot yetgan va hayotning bo‘lmasligi mumkin edi.

Er qobig‘ining qalinligi:

–     Agar qobiq qalinroq bo‘lganda edi, ortiqcha miqdordagi kislorod atmosferadan unga o‘tgan bo‘lar edi.

–     Agar sal yupqaroq bo‘lganda edi, vulqon harakatlarining soni hayotning mavjud bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lar edi.

Erning aylanish tezligi:

– Agar bu aylanish sekinroq bo‘lganda edi, kun va tun o‘rtasidagi harorat farqi juda o‘sib ketgan bo‘lar edi.

– Agar u tezroq bo‘lganda edi, unda atmosfera shamollari juda katta tezlikka yetgan bo‘lar va tsiklon hamda to‘fonlar hayotning mavjud bo‘lishiga jiddiy to‘sqinlik kilgan bo‘lar edi.

Erning magnit maydoni:

–     Agar bu magnit maydon kuchliroq bo‘lganda edi, juda qattiq elektromagnit to‘fonlari ko‘tarilar edi.

–     Agar u kuchsizroq bo‘lganda edi, unda Yer Quyosh shamollari nomi bilan ma’lum bo‘lgan va Quyoshdan chiqadigan zararli zarralarga qarshi o‘z himoyasini yo‘qotgan bo‘lar edi. Har ikkala holat hayotning bo‘lmasligiga asos bo‘lar edi.

Albedo effekti (Er tomonidan qaytariladigan yorug‘lik ulushi):

–     Agar Yer qaytaradigan yorug‘lik ulushi ko‘proq bo‘lganda edi, muzlik asrining boshlanishi muqarrar bo‘lur edi.

–     Agar u kamroq bo‘lganda edi, issiqxona effekti ortiqcha issiqlikka sabab bo‘lar edi. Yerni avvaliga muzliklarning erib ketishi tufayli suv bosar va so‘ng u yonib ketgan bo‘lar edi.

Atmosferada kislorod va azotning nisbati:

–     Agar bu nisbat kattaroq bo‘lganda edi, hayot uchun zaruriy bo‘lgan funktsiyalar ziddiyatli tarzda tezlashib ketgan bo‘lar edi.

–     Agar u kichikroq bo‘lganda edi, hayot uchun zaruriy bo‘lgan funktsiyalar ziddiyatli tarzda sekinlashib ketgan bo‘lar edi.

Atmosferada karbonat angidrid va suvning nisbati:

–     Agar bu nisbat kattaroq bo‘lganda edi, atmosfera o‘ta qizib ketgan bo‘lar edi.

–     Agar u kichikroq bo‘lganda edi, atmosfera temperaturasi pasayib ketgan bo‘lar edi.

Ozon qatlamining qalinligi:

–     Agar bu qatlam qalinroq bo‘lganda edi, Yerning temperaturasi juda past darajaga tushib ketgan bo‘lar edi.

–     Agar u yupqaroq bo‘lganda edi, Yer o‘ta qizib ketgan bo‘lar va Quyoshdan chiqadigan zararli ultrabinafsha nurlar ta’siriga qarshi himoyasiz qolgan bo‘lar edi.

Seysmik harakat (zilzilalar):

–     Agar bu kuchliroq bo‘lganda edi, mavjudotlar uchun doimiy alg‘ov-dalg‘ovlik sodir bo‘lgan bo‘lar edi.

–     Agar sekinroq bo‘lganda edi, dengizlar tubidagi ozuqalar suvga tarqalishni bas qilgan bo‘lar edi. Bu dengiz va okeanlardagi hayotga hamda Yer yuzidagi barcha mavjudotlarga o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lar edi.

Erning og‘ishish burchagi:

Er o‘z orbitasida 23 daraja burchakka og‘ishgan holda harakat qiladi. Fasllarning almashib kelishiga mana shu og‘ishish sabab bo‘ladi. Agar bu og‘ishish hozirgiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bo‘lganda edi, fasllar o‘rtasidagi temperatura farqi ashaddiy darajaga borib yetgan bo‘lardi, ya’ni yozlari chidab bo‘lmas darajada issiq, qishlari esa o‘ta izg‘irinli ayozdan iborat bo‘lar edi.

 

Quyoshning kattaligi:

Quyoshdan kichikroq yulduz Yerning mangu muzlik qa’riga burkanishiga, kattarog‘i esa Yerning yonib ketishiga olib kelar edi.

Er va Oy o‘rtasidagi o‘zaro tortishish:

–      Agar bu tortishish sal kuchliroq bo‘lganda edi, Oyning qudratli tortish kuchi atmosfera ostidagi sharoitlarga, Yerning o‘z atrofida aylanish tezligiga va okeanlar sathining ko‘tarilib-pasayishiga o‘ta jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi.

–      Agar u hozirdagidan sal kuchsizroq bo‘lganda edi, bu Yerdagi iqlimning keskin o‘zgarib ketish oqibatini keltirib chiqargan bo‘lar edi.

Er va Oy o‘rtasidagi masofa:

–      Agar ular bir-biriga bir oz yaqin bo‘lganida edi, Oy Yerga qulab tushgan bo‘lar edi.

–      Agar ular bir-biridan bir oz uzoqroq bo‘lganida edi, Oy kosmosda yo‘qolib ketgan bo‘lar edi.

–      Agar ular bir-biriga hatto jindakkina bo‘lsa ham yaqinroq bo‘lganda edi, Yerdagi suv sathining ko‘tarilish-pasayish darajasiga Oyning ta’siri xavfli tus olgan bo‘lar edi. Okean to‘lqinlari past tekisliklarni suv bilan ko‘mib tashlagan bo‘lar edi. Buning oqibatida yuzaga keladigan ishqalanish okeanlarning temperaturasini ko‘tarib yuborgan va Yer yuzidagi hayot uchun muhim bo‘lgan sezgir temperatura muvozanati yo‘qolgan bo‘lardi.

–      Agar ular bir-biridan hatto jindakkina bo‘lsa ham uzoqroq bo‘lganda edi, Yerdagi suv sathining ko‘tarilish va pasayishi kamayib ketar, bu esa, o‘z navbatida, okeanlarning kam harakat-ligiga olib kelar edi. Harakatsiz suv dengizdagi hayotni xavf ostiga qo‘ygan va biz nafas olayotgan kislorod darajasi ham xavf ostida qolgan bo‘lar edi.16

Erning temperaturasi va uglerodga asoslangan hayot:

Har qanday tiriklikning zamini bo‘lgan uglerodning mavjudligi ma’lum bir chegarada turuvchi temperaturaga bog‘liq Uglerod aminokislota, nuklein kislota va oqsil kabi organik molekulalar uchun muhim modda hisoblanadi: bu hayotning asosini tashkil etadi. Shu sababdan, hayot faqat uglerodga asoslangan bo‘ladi. Uglerodning mavjud bo‘lishi uchun, temperatura 20 daraja Selsiydan kam va 120 daraja Selsiy (240°F) dan ko‘p bo‘lmagan holatda bo‘lishi kerak. Bu temperatura darajalari Yerdagi temperatura darajalariga juda mos tushadi.

Bular Yerda hayotning paydo bo‘lishi va bu hayotning davom etishi uchun muhim bo‘lgan o‘ta sezgir muvozanatlardan ayrimlaridir, xolos. Biroq, hatto shular ham Yer va olamning qator tasodiflar natijasida vujudga kelmaganligini isbotlash uchun yetarli va aniq dalillardir. XX asrda qabul qilina boshlangan «uyg‘unlik» va «antropik printsip» kontseptsiyalari ham Allohning mavjudligidan guvoh beruvchi dalillar sirasiga kiradi. Hamohanglik va muta-nosiblik 14 asr oldin Qur’onda g‘oyat aniqlik bilan ta’riflangan edi.