Abduqodir Hayitmetov. Maftunkor g‘azallar (1990)

Adabiyotimiz tarixida bitta ham yirik asar yaratilmagan davrlar bo‘lgan. Lekin lirik she’riyat, lirik shoirlar doim bo‘lgan. Bunday shoirlar o‘z she’rlari bilan badiiy ijod olovini o‘chirmay, uning cho‘g‘ini o‘zlaridan keyingi avlodlarga meros qoldirib kelganlar. Zero, she’riyat hamisha zamon va inson xizmatida davomi…

Sherali Turdiyev. Tong yulduzi qismati (1991)

Cho‘lpon merosini o‘rganish tarixidan XX asrning dastlabki choragida, ayniqsa, Oktyabr to‘ntarishi arafasida adabiy-madaniy merosimiz osmoni uzra Hamza, Abdulla Qodiriy, Fitrat kabi yangi ulug‘vor siymolar yorqin yulduz bo‘lib charaqladilar. Xususan, Cho‘lpon Navoiydan keyingi betakror iste’dod sohibi sifatida tez tanildi va ko‘p davomi…

Qaldibek Seydanov. O‘zbek xalqining bovuri (1990)

Sobit og‘a Muqonov rang-barang ijodi bilan umumsovet adabiyoti kamolotiga ulkan hissa qo‘shgan ajoyib qalam sohibidir. Ijod maydoniga 20-yillar boshida she’riy asarlari bilan kirib kelgan adib badiiy adabiyotning hamma janrlarida unumli qalam tebratib, qozoq sovet adabiyotini ittifoq doirasiga olib chiqishda munosib davomi…

Sabohat Azimjonova. «Boburnoma» qanday yozilgan? (1990)

Boburnoma» Hindistonda yozilgan, biroq Zahiriddin Muhammad Bobur qanday manbalarga asoslanib, qachon, qayerda o‘z asarini yoza boshlagani haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo‘q. Boburning qizi Gulbadanbegimning Hindiston xalqlari tarixining XVI asr o‘rtalaridagi davrini o‘zida aks ettirgan «Humoyunnoma» asarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Sikri davomi…

G. F. Blagova. «Boburnoma»ning Rossiyada o‘rganilishi tarixiga doir (1990)

Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si butun jahonga ma’lum va mashhur. Ehtimolki, buning bir sababini mazkur asarda tasvirlagan jami voqealar muallif shaxsiyati orqali o‘tgani, rivojlangani, shu tariqa o‘z mazmunini to‘la namoyon qilgani, ma’naviyat va abadiyat mulkiga aylangani bilan izohlash mumkindir. Bu go‘zal davomi…

Fozila Sulaymonova. Navoiyning mo‘jaz surati (1990)

Alisher Navoiyning professor A. A. Semyonov Amerika jurnalidan olib, shoirning 500 yillik yubileyi oldidan 1940 yili chop ettirgan («Portret epoxi Navoi») va yaqin vaqtlargacha yagona deb hisoblangan rasmidan tashqari boshqa tasviri yo‘q edi. Shoirning portret, haykallarini ishlagan san’at sohiblari (V. davomi…

Ozod Sharafiddinov. Cho‘lpon — tarjimon (1990)

Cho‘lpon ijodiy balog‘atga yetgan palladan boshlab umrining oxirigacha tarjima ishlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Shunisi ajabki, yillar davomida millatchilikda ayblanib kelgan, ya’ni millatlarni bir-biridan ajratishni, boshqalarni kamsitib, o‘z millatini ulug‘lashni maqsad qilib olishda, milliy madaniyatlar orasiga rahna solishda ayblangan Cho‘lpon davomi…

Ninel Vladimirova. Baxt izlayotgan odam (1990)

Rang-barang shakliy imkoniyatlarini namoyon qilayotgan o‘zbek hikoyachiligi hozirgi adabiy jarayonda mustaqil janr sifatida tobora faolroq ishtirok etmoqda. Buni tajribali hikoyanavis Shukur Xolmirzayev ijodi misolida, ayniqsa, uning «Haykal», «Xorazm, jonginam», «Hukumat», «O‘zbek xarakteri» asarlari jamlangan «Hikoyalar» turkumi misolida ham yaqqol kuzatish davomi…

Sirojiddin Ahmedov. Munavvar qori (1992)

Cho‘q munavvar etdi olamni Munavvar qorimiz, Ko‘rdimiz ravshanligidin fe’limiz, atvorimiz. Ibrat oling, yoshlar, deb to‘kdi ko‘zdin yoshlar, Nutqida tahrir etib, bizlarni yo‘q-u borimiz. Chin ko‘ngildan eshitduk chin inchunin aytgan so‘zin Shuncha bid’atlarni bilduk, voy, biz iqrormiz. Tavallo El uchun kuyib-yongan, davomi…


Maqolalar mundarijasi