Abduzuhur Abduazizov. Tillardan tillarga

Har bir xalqning tili o‘ziga tegishli so‘zlar bilan birga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga ham egadir. Lekin biz “o‘zlashma so‘z” deb ataydigan so‘zlar kelib chiqishi — etimologiyasi jihatidan o‘z tilimizdagi so‘z bo‘lib, boshqa tillarga o‘zlashgan. Mana, bir misol. Mashhur tilshunos, german davomi…

Begali Qosimov. Muhammadsharif So‘fizoda (1880-1937)

1926 yilda O‘zbekiston hukumati o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlarini alohida taqdirlab, adabiyotimizning ikki zabardast vakiliga yuksak faxriy unvon bergan edi. Bularning biri Hamza, ikkinchisi So‘fizoda edi. O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘rolar jumhuriyati 1926 yil 27 fevral 35-son farmoni bilan Hamzaga «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Tirband yo‘ldagi hayot

Yoshligi vatani Argentinada o‘tgan, so‘ngra Parijda muqim yashab ijod qilgan XX asr jahon adabiyotining taniqli vakili Xulio Kortasar (1914 — 1984) ijodiy faoliyatini o‘tgan asrning 40-yillarida boshlagan edi. Uning “Hozirlik” nomli ilk she’riy to‘plamiyoq reallik va xayolotning o‘zaro singib ketishi, davomi…

Burobiya Rajabova. Oqila va mudabbira onalar

Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davlatiga xos xususiyatlardan biri ayollarga bo‘lgan munosabat masalasidir. Zero, ayollar ham ulug‘ mav­qega ega bo‘lgan (Bu haqda qarang: Rui De Klavixo. “Samar­qandga — Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403 — 1406), “O‘zbekiston”, 2010. 154 — davomi…

Ismoil Bekjon. Boburiylar madaniyatiga oid manba

Boburiylar davri madaniyatiga oid qimmatli ma’lumotlarni qamragan yozma yodgorliklardan biri Abdusattor bin Qosim Lohuriyning 1612 yili Agra shahrida yozgan “Majolisi Jahongiriy” nomli asari bo‘lib, uning yagona qo‘lyozma nusxasi 2002 yil yanvarida Lohur shahrida yashovchi Xalil ur-Rahmon ismli ziyolining shaxsiy kutubxonasidan davomi…

Burobiya Rajabova. Navoiy ijodida tarixiy-huquqiy atamalar

Alisher Navoiy asarlari matnida o‘z davrining turli ilm-fan, kasb-hunarga oid ko‘plab atamalarini ham mahorat bilan qo‘llagan. Ulardan ba’zilari asrlar davomida o‘zgarmay bizning davrimizgacha ham iste’molda bo‘lsa, ayrimlari bugun iste’moldan chiqib, tarixiy yoki arxaik so‘zlarga aylanib ulgurgan[1]. Tarixiy-huquqiy istilohlar ana shunday davomi…

Umida Rasulova. Qalb bastakori

Taniqli yozuvchi Tog‘ay Murod nasrida so‘z so‘ylaydi, kuylaydi, tasvirlaydi. Adib san’atlararo uyg‘unlikni teran his etib, dunyoni, borliqni bastakor, rassom, me’mor nigohi-la idroklaydi. Asarlari zamiridagi musiqiylik, ko‘lamdorlik muallif tafakkur va tasavvur olamini yaxlit gavdalantiradi. U har bir voqea-hodisa, holatni teran va davomi…

Bobomurod Eraliyev. Majoziy ishq talqinlari

Oldingi maqolamizda (“O‘zAS”, 2013 yil 1-fevral soni) Farhodning Yunon mulkiga safari chog‘ida to‘rt manzildagi g‘ov-to‘siqlarni yengib o‘tishi va Suqrot bilan uchrashib, undan majoziy va haqiqiy ishq ta’limini olib, yurtiga qaytshi haqida fikr yuritgandik. Shu tariqa Farhod xoqonlik xazinasida saqlangan sirli davomi…


Maqolalar mundarijasi