Hamidjon Ikromov, Baxtiyor Yaqubov. Xarakterlar musavviri

Abduqahhor Ibrohimov keng qamrovli va murakkab janr bo‘lmish dramaturgiyada samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning turli janrlarda yozilgan pesalarini bir umumiylik, ya’ni qahramonlar xarakterining yorqinligi va o‘ziga xosligi birlashtirib turadi. Ijtimoiy mavqei va nufuzidan qat’i nazar, kim bo‘lmasin – hamma uchun davomi…

Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid

Aslida, Chingiz og‘aning birorta asarini adabiyotshunoslik, ayniqsa, adabiy tanqid yakdillik bilan xush qarshi olgan, adibni doimo qo‘llab-quvvatlagan, deya aslo aytib bo‘lmaydi. Dastlabki hikoyalaridan boshlab “Jamila” qissasigacha, “Kunda”dan tortib “Kassandra tamg‘asi” romanigacha – barchasi haqida ko‘plab xolis, do‘stona mulohazalar qatori allaqancha davomi…

Shar’iy Juzjoniy. Gaboning boqiy xayollari

Xuddi zanjilarnikidek jingalak sochlari, samimiyat, ishonch va ulug‘vorlik balqib turgan ko‘zlari, tropik naqshlar bilan bezatilgan ko‘ylaklari Gaboga odamlarni darrov o‘ziga mahliyo etuvchi ajoyib joziba baxsh etardi. XX asrning eng buyuk yozuvchisi deya e’tirof etilgan kolumbiyalik Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia davomi…

Naim Karimov. Lolaxon Sayfullina kim bo‘lgan?

1926 yili O‘zbekiston davlat nashriyoti Lolaxon Sayfullina – Arslonova degan noma’lum adibaning “Ichkari” deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Kitobning unvon varag‘ida “o‘zbek xotin-qizlari turmushidan olingan sochma she’rlar” degan so‘zlar yozilgan edi. To‘plam O‘zbekistonda “Hujum” kampaniyasi ketayotgan, paranji tashlagan o‘nlab o‘zbek davomi…

“Galaktikalik bola” “Sehrli qalpoqcha”ni yengadimi?

Yoxud nega bolalar adabiyotida ilmiy-fantastik asarlar kam yozilmoqda? Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” asariga nima uchun qiziqib qolganimni bilasizmi? Chunki tinimsiz galaktika haqidagi hikoyalar aytadigan o‘g‘lim Elshodbekning astronomiya, fizika, kimyo borasidagi savollariga javob izlashdan charchagan edim. Shu kitobni qo‘liga tutqazgan davomi…

Salohiddin Mamajonov. Hamza dindor bo‘lganmi? (1990)

Bu mavzu — hamzashunoslikda atayin bir chetga surib qo‘yilgan masaladir. To‘g‘rirog‘i, tadqiqotchilar Hamzaning dinga bo‘lgan munosabatiga deyarli bir tomonlama yondoshdilar. Ya’ni Hamza dinning ashaddiy dushmani edi va butun ijodi davomida dinga qarshi faol kurash olib bordi, deyilgan fikr-aqida ommaga qayta-qayta davomi…

O‘limidan avval butun dushmanlarini afv qildi…

(Ulug‘ rus shoiri Pushkinning qizi Mariya Gartung hayoti va o‘limi haqida) “Onasining nodir go‘zalligiyu otasining ulkan iste’dodi unda birlashgandi, bunday hislatlar bir ayol uchun faqatgina xayol yohud orzu bo‘lishi mumkin xolos”, — deya yozadi Mariya Gartungning zamondoshlari. Lev Tolstoy “Anna Karenina” davomi…


Maqolalar mundarijasi