Layli mahallasining iti

Laylining hajrida cho‘llarga chiqib ketgan Majnun bir itni silab siypab ko‘zlaridan o‘pardi. itga bo‘lgan sevgisi va iltifoti shu darajada kuchaydiki, bu holni ko‘rgan bir kishi chidab turolmadi, Majnundan so‘radi:— Ey aqlsiz Majnun, bu esankirash, bu devonalik nimasi? Sen sevib erkalayotgan, davomi…

Teng tengi bilan

Yam yashil adirda shildirab irmoq oqardi. Bir kun irmoq chetidagi toshlar orasida sichqon bilan qurbaqa uchrashib do‘stlashib qoldi. Bu do‘stlik kun sayin kuchaydi. Shu darajaga yetdiki, oqshom cho‘kib, kun botgach sichqon qoyaning kovagiga, qurbaqa esa suv tubiga tushar, tong otishini davomi…

Laylini ranjitasan

Bir kuni Majnun kasal bo‘lib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.Tabib:“Tomirdan qon olish kerak” deb Majnunning qo‘lini bog‘latdi. Qon olish payti Majnun: “Ey tabib, qo‘y, xizmat haqqini ol va qo‘limni yech, shu kasallikdan mayli o‘lay, qon olishdan voz kech,” deb davomi…

Tovusning go‘zalligi o‘ziga dushman

Bir odam tovusning tumshug‘i  bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi:— Ey go‘zal qush… Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni davomi…

Dunyoda aldanish

Bir yurt podshohining suyukli o‘g‘li bor edi. Yagona voris edi u. Shahzoda yaxshi tarbiyalangan va turli bilimlarni egallagan edi.Podshoh o‘g‘lining to‘satdan o‘lganini tush ko‘rdi. Xavotir bilan uygonib Xudoga shukrlar qildi. Biroq ko‘ngliga shubha oraladi: “Agar haqiqatan ham o‘lib qolsa, nima davomi…

Bu mushukmi yo go‘shtmi?

Bir odamning beodob xotini bor edi. Uyga keltirilgan narsalarni isrof etardi. Bechora odam janjal bo‘lmasin deya indamas, sabr qilardi.Bir kun ikki kilo go‘sht olib keldi. Kabob buyurdi. Xotin go‘shtni pishirayotib paqqos tushirdi. Eri kechqurun uyga kelib, xotinidan go‘shtni so‘radi.Xotin: Ey davomi…

Agar miyasi bo‘lsa

Arslon o‘rmonda fil bilan olishib charchadi. So‘ng tulkini yoniga chaqirib:— Holdan toydim. Ovga yaramayman. Bor, menga bir eshak ovlab keltir. Birgalikda yeymiz, dedi.— Amringiz bosh ustiga, sultonim. Turli hiylalar bilan sizga hatto tiriklayin keltiraman, deya bir qoyaga tomon yugurdi.Qarasaki, o‘tloqda davomi…

Teri qo‘ldan ketar

Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.Odam aytdi:— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday davomi…

Bir tomchi ovqat

Fors shohlari orasida bittasi juda qudratli, lekin o‘ta yovuz edi.Bir kuni shohning bosh oshpazi unga yegulik olib kirganida ovqatning bir tomchisi dasturxonga tomibdi. Shoh oshpazga qarabdi. Oshpaz o‘sha zahoti uni qatl jazosi kutayotganini sezibdi.Shunda u qo‘lidagi ovqat to‘la idishni bir davomi…

Eng yaxshi nutq

Bir kuni turli kasb egalari yig‘ilib gurunglashardi. Ularning har biri o‘z hunariga xos bo‘lgan so‘zamollik haqidagi fikrini bayon qildilar.Gapni zargar boshladi:— So‘zlarni nozik ipga termoqning eng yaxshi usuli — ularni ziyraklikning o‘tkir tig‘i bilan teshib, undan tafakkur ipini o‘tkazib, ular davomi…