Jamoatchilik va xudbinlik haqida maqollar

Ayrilganni ayiq yer,
Bo‘linganni bo‘ri yer.

Ayrilgan yo‘lda qolar,
Bo‘lingan — do‘lda.

Baliqning kuni ko‘l bilan,
Botirning kuni el bilan.

Baraka — ko‘pchilikda.

Beshning boshi bo‘lgancha,
Oltining oyog‘i bo‘l.

Bizniki — xaltada,
Sizniki — o‘rtada.

Bilganingni eldan ayama.

Bir kalla — kalla,
Ikki kalla — tilla.

Bir kishi ming kishi uchun,
Ming kishi bir kishi uchun.

Bir tovushni ko‘p tovush yo‘q qilar.

Bir ko‘zlilar eliga borsang,
Bir ko‘zingni qisib yur.

Bir tupursa, ne bo‘lar,
El tupursa, ko‘l bo‘lar.

Bir o‘zing dono bo‘lguncha,
Ko‘p bilan ahtnoq bo‘l.

Bir qarg‘a bilan qish kelmas.

Birdan ikki yaxshi,
Ikkidan uch yaxshi.

Birikkan kuch — kuch,
Birikmagan kuch — puch.

Birikmagan birlashmas.

Birlashgan daryo bo‘lar,
Tarqalgan irmoq bo‘lar.

Birlashgan yovni qaytarar.

Birlashgan kuch yengilmas.

Birlashgan — o‘zar,
Birlashmagan — to‘zar.

Birlik bor — tiriklik bor.

Birlikda baraka bor.

Birlikli uy — barakatli,
G‘ovg‘ali uy — halokatli.

Birliksiz kuch bo‘lmas.

Doshqozonda pishgan osh xom bo‘lmas.

Ettovdan birov — shayton.

Yolg‘iz botir yovga yo‘q,
Yolg‘iz yigit dovga yo‘q.

Yolg‘iz daraxt o‘rmon bo‘lmas.

Yolg‘iz yog‘och pana bo‘lmas.
Yolg‘iz biyaga sova to‘lmas.

Yolg‘iz yog‘och uy bo‘lmas.

Yolg‘iz itning hurgani bilinmas,
Yolg‘iz kishining yurgani bilinmas.

Yolg‘iz yigit alp bo‘lar,
Alp bo‘lsa ham, qalp bo‘lar.

Yolg‘iz yigit yov olmas.

Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.

Yolg‘iz tuya baqiroq bo‘lar,
Yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar.

Yolg‘iz yurib yo‘l topguncha,
Ko‘p bilan yurib adash.

Yolg‘iz uyda qozon qaynamas.

Yolg‘iz qo‘yning terisi po‘stin bo‘lmas.

Yolg‘iz g‘ozning uni chiqmas,
Yolg‘iz qizning mungi chiqmas.

Yolg‘izga yo‘l uzoq.

Yolg‘izlik kishi yurtida bilinar.

Yolg‘izning yoyi yo‘qolsa, topilmas,
Ko‘pning o‘qi yo‘qolsa, topilar.

Jiyan-tog‘a el bo‘lmas,
Yakka tomchi sel bo‘lmas.

Ikki odam — bir odamning tangrisi.

Ikki sirtlon bir sirtlonning sirtin yirtar.

Ikki sichqon biriksa,
Yo‘lbars quyrug‘in kertar.

Ikki qo‘l qilgan ishni
Bir qo‘l qilolmas.

Ikkovga birov botolmas,
Otliqqa yayov yetolmas.

Indama ko‘pga,
Yiqitadi cho‘pga.

Inida yotganni el topar.

Yo‘ldan chiqsang chiq, eldan chiqma.

Yo‘qotganingni ko‘pdan so‘ra.

Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.

Ko‘p biriksa, tog‘ qular.

Ko‘p tikilsa, tog‘ qular.

Ko‘p duosi ko‘l bo‘lur.

Ko‘p yoyilsa, yo‘q topilar.

Ko‘p ko‘makka yaxshi,
Oz — barakka.

Ko‘p ko‘padi,
Oz cho‘kadi.

Ko‘pda karam bor.

Ko‘pdan ayrilgan ozar,
Ko‘pga qo‘shilgan o‘zar.

Ko‘pdan ko‘p aql chiqar.

Ko‘pdan quyon qutulmas.

Ko‘plashgan yov qaytarar.

Ko‘pni demay kul bo‘ldim,
G‘am-g‘ussaga mo‘l bo‘ldim.

Ko‘pni yomonlagan ko‘milar.

Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar.

Ko‘pni yomonlaganning o‘zi yomon.

Ko‘pni sevgan birni sevmas.

Ko‘pning ishi yitmas,
Ozning ishi bitmas.

Ko‘pning kuchi — karomat.

Ko‘pning kuchi ko‘lday,
Ko‘chib yurgan yelday.

Ko‘pning ko‘lankasi — oltin.

Ko‘pning rizqi — ko‘l.

Ko‘pning qo‘li ko‘p.

Ko‘pning qo‘li ham to‘g‘ri,
Yo‘li ham to‘g‘ri.

Ko‘pning haqi yetimning haqidan yomon.

Ko‘pning haqi — to‘pning o‘qi.

Ko‘pchilik bir mushtdan ursa, o‘ldirar,
Bir burdadan bersa, to‘ydirar.

Ko‘pchilik qo‘l — unumi mo‘l.

Ko‘pchilik ko‘pirsa, qulatar,
Ko‘pchilik supursa, sulatar.

Ko‘pchilik qo‘lda unum ko‘p.

Otangning oti o‘zguncha,
Ovulingning toyi o‘zsin.

Oshdan qolsang ham, ko‘chdan qolma.

Rahbar kelar-ketar, omma qolar.

Suvning oqishiga qara,
Xalqning xohishiga qara.

Suruv oqsoqsiz bo‘lmas.

Suruvdan qolgan surinib o‘lar.

Tegishmagin ko‘pga,
Teng bo‘lasan cho‘pga.

To‘pdan chiqsang ham, ko‘pdan chiqma.

Uzoq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi,
Yomon bo‘lsa ham, el yaxshi.

Uyiga sig‘magan eliga sig‘mas.

Ulovim yo‘q deb, ko‘chdan qolma.

Ulug‘ga suyangancha, elga suyan.

Xalq aytgani — haq aytgani.

Xalq aytmas,
Xalq aytsa, hech qaytmas.

Xalq aytsa, elab aytar,
Haq so‘zni bilib aytar.

Xalq bor yerda haqlik bor.

Xalq degan xoli ketmas.

Xalq ishi — haq ish.

Xalq kuchiga to‘g‘on yo‘q.

Xalq meniki dema,
Sen — xalqniki.

Xalq puflasa, bo‘ron bo‘lar,
Xalq tepinsa — zilzila.

Xalq tinchligin buzgan omon qolmas.

Xalq — tosh, amaldor — suv.

Xalq xohlasa tuzishni,
Hojati yo‘q cho‘zishni.

Xalq g‘azabi — xudo g‘azabi.

Xalq qarg‘asa, xor bo‘lasan,
Xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan.

Xalq qo‘zg‘alsa — daryo.

Xalq hukmi — haq hukmi.

Xalqdan ajralganning yuzi qora bo‘lar,
Yurtdan ajralganning so‘zi ado bo‘lar.

Xalqni xon ham yengolmas.

Xalqqa suyansang, bo‘lasan,
Xalqdan chiqsang, so‘lasan.

Xalqqa xiyonat qilding,
O‘zingga jinoyat qilding.

Egri bitganni el to‘g‘rilaydi.

El bilan bo‘lgan yutar,
Eldan ajralgan yitar.

El bilan kesilgan barmoqdan qon chiqmas

El bolasi bo‘lolmagan
El og‘asi bo‘lolmas.

El boqsa, baxting kular,
El boqmasa, taxting qular.

El bo‘lmasa er bo‘lmas.

El ishiga erinma,
Ish qildim deb kerilma.

El kuchi — sel kuchi.

El nazar qilmasa,
Eshak bozoriga ham dallol bo‘lolmaysan.

El og‘zi — elak, gap turmas.

Ei sevganga yer ko‘p.

El senga etsa nadomat,
Dunyoda turolmassan salomat.

El suygani — er suygani.

El so‘zi — dil so‘zi.

El — erning sinchisi.

El o‘g‘risiz bo‘lmas,
To‘qay — bo‘risiz.

El qadrini bilmagan,
Har baloga yo‘liqar.

El bilan bo‘lgan yigit,
Har balodan qutular.

El qadrini bilmaydi,
El ichida yomonlar.

El qulog‘i — ellik.

El qo‘zg‘alsa, taxt qo‘zg‘alar.

Elga kengashgan ozimas.

Elga kirgil elingcha,
Suvga khgil belingcha.

Elga ma’qul — senga ma’qul.

Elga navbat — erga navbat.

Elga suyangan elanmas.

Elga qilma xiyonat,
Turolmassan salomat.

Eldan ayrilganni bo‘ri yer.

Eldan oshma, eldan qolishma.

Eling o‘g‘ri bo‘lsa, o‘g‘ri bo‘l,
Bo‘ri bo‘lsa, bo‘ri bo‘l.

Erdan er o‘zsa ham, eldan o‘zolmas.

Eri bo‘lib, erga borgan — bet qorasi,
Eli bo‘lib, elga borgan — yurt to‘rasi.

Erning ishi el bilan.

Erning kuchini el sinar.

Erning otini el chiqarar.

Erning so‘zi — elning so‘zi.

Yurt bilan kelgan aza ham — to‘y.

Yurt desa, yugurib ishla.

Yayovning changi chiqmas,
Yolg‘izning — uni.

Yakka o‘tin yolborsang, yonmas.

Yakkaning yori xudo,
Bo‘lmasa eldan judo.

Yaxshi rahbar yo‘l qurar,
Yomon rahbar yo‘l buzar.

Yaxshi rahbar elni o‘ylar,
Yomon rahbar hovli bo‘ylar.

Yaxshi rahbar yurtga rohat keltirar,
Nodon rahbar yurtga «mehmon» keltirar.

O‘z bilganingda bo‘lma,
El bilganidan qolma.

O‘zi uchun uxlagan,
Birov uchun tush ko‘rmas.

O‘zim bo‘lay dema, o‘zgalar g‘amini ye.

O‘zim degan o‘zaksiz ketar.

O‘zim degan o‘rdan chiqmas.

O‘t bilan o‘ynashmoq tentakning ishi,
Yurt bilan o‘ynashmoq ahmoqning ishi.

Qirq uydan etak to‘lar.

Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi,
Ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi.

Qo‘lidan ish kehnagan ma’raka buzar.

G‘oz to‘dasi yo‘lboshchisiz uchmas.

Har ish qilsang, el bilan kengash.

Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchar.

Hashar borsam bitar,
Ingranib kunim o‘tar.

Hashar — elga yarashar.

Hashar qildim — uy qurdim,
Unda ko‘p hikmat ko‘rdim.