Shumer maqollari (16 ta)

• Erkalatilgan it kuchukka aylanadi.
• Qo‘mondonsiz qo‘shin ― dehqonsiz dala.
• Dushmanning yerini haydasang, dushman senikini egallaydi.
• To‘g‘ri qurgan uyni makkor buzadi.
• Vaqtinchalik do‘stlik ― mangu qullikdir.
• Sen o‘zingga ehtiyot bo‘lsang, Xudo sen bilan.
• Ikki yomondan tanlash imkoni yo‘q.
• Kambag‘alning noni bo‘lganda tuzi bo‘lmaydi, tuzi bo‘lganda noni.
• Kim ko‘p yesa, uxlay olmaydi.
• Kim uyatni his qilsa, qarzni ham his qiladi.
• Sharob ichib maza qilgan yo‘lda uxlab qoladi.
• Yomonlik qilmasang ― doim qo‘rqmaysan.
• Cho‘pon dehqon bo‘lishga harakat qilmaydi.
• Kuchli va mag‘rur chiqisha olmaydi.
• Yolg‘on gapirib, so‘ng rostini aytsang-da, senga ishonishmaydi.
• Baxt topiladi, yomonlik unutiladi.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi.

Shumerlar, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik ma’lumotlarga ko‘ra, shumerlar mamlakatning tub joy aholisi bo‘lmagan. Ular bu hududga kamida miloddan avvalgi 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid bo‘lishgan. S.P. Tolstovning fikricha, Shumer tili ko‘p jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga o‘xshash bo‘lgan.