Italyan maqollari (48 ta)

• Agar kimdir seni o‘rinsiz maqtab, erkalatsa, u seni aldab bo‘ldi yoki endi aldaydi.
• Tuhmat ko‘mirga o‘xshaydi, yonmaydi, lekin kuydiradi.
• Jazodan so‘ng aqlli donolashadi, ahmoq tubanlashadi.
• Kiyimga qarab kutib olib, aqlga qarab kuzatadilar.
• Haqiqat xiralashishi mumkin, lekin o‘chmaydi.
• O‘zing eplay oladigan ishlaringga burnini suqaveradigan do‘stdan xudo asrasin.
• Insonning qandayligi yo‘lda va o‘yinda bilinadi.
• Yurak qancha tor bo‘lsa, til shuncha uzun bo‘ladi.
• Boylikni bexuda sarflagandan ko‘ra, boy bo‘lmagan afzal.
• Oson ishongan odam tez aldanadi.
• Ba’zida birgina bulut quyoshni to‘sib qo‘yadi.
• Odatda biz keyin ko‘p afsus chekadigan ishlar tezda ro‘y beradi.
• Turib qolgan suvda qurt paydo bo‘ladi.
• Birovning ishida har kim o‘zicha adolat qiladi.
• Tinglashdan aql, gapirishdan pushaymonlik tug‘iladi.
• Buyuk dardlar sassizdir.
• Suv yuvadi, quyosh quritadi.
• Suv toshni ham yo‘nadi.
• Suv tegirmonni ham buzadi.
• Suvni buqa kabi ich, vinoni — qirol kabi.
• Dunyoda hamma o‘z navbati bilan ketadi.
• Biz hammamiz Odam Ato va Momo Havo farzandlarimiz.
• G‘urur otda kelib, piyoda ketadi.
• Pul pulni keltiradi.
• Toza suv uchun buloqqa borish kerak.
• Uyga xafalik kirishi bilan uning to‘sinlari ham qulaydi.
• Cho‘ka boshlashing bilan suzishni o‘rganasan.
• Kiyimga qarab — sharaf.
• Aql egalari qo‘lidagi g‘iybat — qo‘rqinchli qurol.
• Chiroyli kiyim — tavsiya xati.
• Kim ko‘p tavakkal qilsa, hech narsaga erisholmaydi.
• O‘z yerida uy qurmagan tsementni ham, toshni ham boy beradi.
• O‘zi ishlab topmagan asrashni ham bilmaydi.
• Dengiz suvi ko‘p bo‘lsa-da, lekin sho‘r.
• Yomon bozordan yaxshi kiyim sotib ololmaysan.
• Yong‘in paytida suvning farqi yo‘q.
• Oy ostidagi hech narsa yangi emas.
• Qattiq chanqasang har qanday suvni ichasan.
• Itni erkalatsang kiyimingni kir qiladi.
• Oqar suv doimo turgan suvdan afzal.
• Buzilgan kemaga shabada ham zarar.
• Baliqni ilmoqdan, ahmoqni so‘zidan tutadilar.
• Po‘lat ham sinadi, temir ham chiriydi.
• Cho‘kayotgan odam somonga ham osiladi.
• Yaxshi narsa — oz-ozdan.
• Yaxshilik — qumga bitilgan yozuv, yomonlik — toshga o‘yilgan bitik.
• Boshi yo‘qning armoni yo‘q.
• Ko‘pincha qaltis holatlarda eng muhim qarorlar qabul qilinadi.

Davronbek Tojialiyev tarjima qildi.

Italyanlar — Italiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 75-80 mln. kishi (2008), jumladan, AQShda (8,5-15 million kishi), Argentinada (1,35 mln. kishi), Frantsiyada (1,1 mln. kishi) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Italyan tilida so‘zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.