Jon berayotgan naychining javobi

Bir nay chaluvchining ajali yetdi, jon berar paytida birov undan so‘radi:
– Ey, ayni sirlashuv vaqtida turgan odam, bunday paytda ahvoling qalay, nimani o‘ylayapsan?
Naychi oh chekib, dedi:
– Holimni hech ayta olmayman, ammo sezayapmanki, bir umr yel puflab kelibman (paymudan), oqibatda esa tuproqqa ketayapman, vassalom.

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.