Yangi kelgan muridning oltinni shayxdan yashirgani

Yangi kelgan muridning ozgina oltini bor edi, uni o‘z shayxidan yashirmoqchi bo‘ldi. Shayx buni bildi va hech narsa demadi. Murid hamon oltinni yashirin saqlab yurardi. Murid o‘z piri rahbarligida safar qilib yo‘lga chiqdilar. Oldilaridan qop-qora zulmat qoplagan vodiy chiqdi va ham bul vodiyda ikki yo‘l paydo bo‘ldi. Oltini bor murid titrab qo‘rqardi, oltin uning sirlarini oshkor etib rasvu qilgandi.
U shayxga qarab dedi:
– Ikki yo‘l paydo bo‘ddi, qaysi biridan yuramiz?
Shayx dedi:
– Boyligingni tashla, u — eng katta xato. Keyin qaysi yo‘ldan yursang ham xato bo‘lmaydi.
Kimki oltin-kumush bilan do‘stlashsa, devdan ham qo‘rqinchlidir. Bir parcha harom oltin deb qanchadan-qancha nayrang, hiyla ishlatasan, qilni qirq yorishga tayyor turasan. Shunday bo‘lgandan keyin cho‘loq eshakday dinda mustahkam emassan, qo‘ling og‘ir tosh ostidayu, o‘zingai xoli – xalos deb gumon qilasan. Ey inson, nayrang boshlasang — shayton bo‘lasan qolasan, ammo dindorlikka yetsang, hayron bo‘lib qolasan. Kimniki oltin yo‘ldan urgan bo‘lsa, u gumroh bo‘ldi va quduq ichida qo‘l-oyoqlari bog‘liq holda asir bo‘lib qoldi. Agar sen Yusuf (bo‘lmoqchi bo‘lsang), bu quduqdan hazar qil, daming — nafasingni chiqarmay tur, chunki bu nafs chohining ajdarhoday dami bor – bir damda yutib yuboradi.

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.