Savdogar va uning oltin qasri

Bir savdogar oltin bilan ishlangan ajoyib saroy qurdi. Saroyi qurilib bitgach, xaloyiqqa to‘y bermoqchi bo‘lib, hammani saroyga chaqira boshladi. Odamlarni yuz g‘urur va maqtanchoqlik bilan uyiga da’vat qilardi, saroyini ko‘rsatib, maqtanishni istardi. To‘y kuni savdogar o‘zida yo‘q xursand, ko‘chalarda ot choptirib yurardi, to‘satdan bir devona uni ko‘rib qoldi.
Devona dedi:
– Ey betamiz, hozir yugurib borib, saroying ichiga bavl qilmoqchi edim, ammo hozir bir ish bilan mashg‘ulman, meni kechir.
Shunday deb o‘tib ketdi, odamlar uning so‘ziga qotib-qotib kuldilar.

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.