Otasi o‘lgan kishi bilan so‘fiy hikoyasi

O‘g‘il otasi tobuti oldida yig‘lab borar ekan, oh chekib der edi:
– Ey otajon, jonimni pora qilgan bundayin og‘ir kun umrimda boshimga tushgan emas edi.
Shunda yonida borayotgan so‘fiy dedi:
– Otangning ham boshiga bundan og‘irroq kun kelgan emas. Sening boshingga emas, otangning boshiga mushkul ish tushdi. Ey dunyoga qo‘l-oyoqsiz kelgan zot, umringni tuproq tepib, havoni kesib yurish bilan o‘tkazasan. Agar mamlakat taxtiga o‘tirgan shoh bo‘lsang ham, oxiri qo‘lingda havo bilan, ya’ni hech vaqosiz ketasan.

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.