Behbudiy yozadilar

“Marvda aholi aksariya ila rus, arman va eron tab’alaridur. Atrof xalqi turkman bo‘lub, shahariy bo‘lg‘onlari yo‘q. ..Yo‘l ustindagi turkmanlarni boshindagi uzunligi uch yarim qarish, eni ekki qarishdan ziyoda telpagidan bashqa ko‘rgu yeri yo‘q, faqat hanuz belida aksariya ila xanjari bordur. davomi…

Herman Hesse hikmatlari

• Ma’nan boy inson omma qarshisida hamisha kuchlidir. • Hayot mudom tahlikali, shu bilan birga, behad go‘zaldir. • Hayotning qarama-qarish ikki qutbini bir-biriga bo‘ysundirish, uning sehrli kuyini qog‘ozga tushirish, ehtimol, menga nasib etmas. Ammo baribir botinimdagi tug‘yonga quloq tutaroq bu davomi…

Abu Ali ibn Sino hikmatlari

Ilm – narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir. Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar. Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi.

Hamzatov xazinasi

Dunyodagi har bir shoir-yozuvchining serqirra ijodini to‘la namoyon etadigan asarlari bor. Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Shota ­Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostoni, Vilyam Shekspirning «Qirol Lir» dramasi, Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» epopeyasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani ana shunday asarlar davomi…

Erkin A’zam deydiki…

Yo‘ldagi odamni (yozuvchini) shakllanib bo‘lgan, ya’ni manziliga yetgan deyish mumkinmi, ayting? Hayot uni yo‘nib, toblantirib, chiniqtirib borishi tabiiy hol. Biroq yo‘nilaverib, sip-silliq bo‘lib qolmoqdan saqlanish lozim. Unday odamning qalamidan chiqqan narsalar ham o‘ziga o‘xshab sip-silliq bo‘ladiki, adabiyotga buning sira darkori davomi…

Abdulla Qodiriy adabiyot haqida

So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Tuzilgan jumlani yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi bo‘lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdadir. Qalam — o‘qlog‘i, adabiyot — ketmon bozori emas. Yo‘sinsiz ravishda davomi…

Beruniyning aql mash’alasi

Har bir kun uchun Haq va haqiqat hozirdir.Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973, 4 sentyabr – 1048, 11 dekabr) o‘z zamonasidagi mavjud fanlarni puxta egallab, dunyo­da ungacha hech kim zabt etolmagan yuksak cho‘qqilarga ko‘tarildi. Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, davomi…


Maqolalar mundarijasi