Ozod Sharafiddinov. XX asrning eng yaxshi asarlari

http://ziyouz.uz/wp-content/uploads/2016/01/22_ozod_sharafiddinov.jpg

Ozod Sharafiddinov (1929-2005) — adabiyotshunos olim, professor.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

1. Muxtor Avezov. «Abay» (roman), «Abay yo‘li» (roman).
2. Jon Golsuorsi. «Forsaytlar haqida qissa» (turkum romanlar).
3. Maksim Gorkiy. «Klim Samginning hayoti» (roman).
4. Teodor Drayzer. «Amerika fojiasi» (roman).
5. Tomas Mann. «Iosif va uning akalari» (roman).
6. Rabindranat Tagor. «Halokat» (roman).
7. Aleksandr Tvardovskiy. «Vasiliy Tyorkin» (doston).
8. Ernest Xeminguey. «Alvido, qurol» (roman).
9. Mixail Sholoxov. «Tinch Don» (roman).
10. Gabriel Garsia Markes. «Buzrukning kuzi» (roman).

Yana XX asrda yaratilgan eng yaxshi asarlar sirasiga Aleksandr Sojenitsinning «GULAG arxipelagi» asarini, Aziz Nesinning hajviy hikoyalarini, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanini kiritish mumkin.

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman).
2. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» (roman).
3. Abdulla Qahhor. «Sarob» (roman).
4. Oybek. «Navoiy» (roman).
5. Odil Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi» (roman).
6. Pirimqul Qodirov. «Yulduzli tunlar» (roman).
7. Tog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar» (roman).
8. O‘tkir Hoshimov. «Dunyoning ishlari» (roman).
9. Abdulla Oripov she’rlari.
10. Erkin Vohidov she’rlari.

Manba: “Hurriyat” gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.