«Hurriyat» gazetasiga ko‘ra, XX asr jahon adabiyotining eng yaxshi 111 asari

«Hurriyat» gazetasining 1999 yil, 12-18 may sonida yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad va munaqqid Mahmud Sa’diy tayyorlagan «XX asr — kitob asri: munosabatlar, mulohazalar, fikrlar» materiali chop etilgan edi. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi XX asrning eng yaxshi asarlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari ikki sahifada chop etilgan.

«Hurriyat»ning ushbu sonida olim, tarjimon va adiblar Ozod Sharafiddinov, Salohiddin Mamajonov, Murodjon Mansurov, Omon Muxtor, Hojiakbar Shayxov, Ibrohim G‘afurov, Naim Karimov, No‘mon Rahimjonov, Umarali Normatov, Tohir Malik, Norboy Xudoyberganov, Suvon Meli, Ahmad Otaboyev, Abdulla Ulug‘ov, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Rahmon Qo‘chqorAziz Said “XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari qaysi?” savoli yuzasidan fikrlarini bildirishgan.

Ushbu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, XX asr jahon adabiyotining eng yaxshi asari Gabriel Garsia Markesning «Yolg‘izlikning yuz yili» romanidir. Quyida so‘rovnoma natijalarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin (eng ko‘p e’tirof etilgan kitoblar ro‘yxat avvalida, bir xil ovozga ega bo‘lgan mualliflar asarlari alifbo tartibida berilgan):

1. Gabriel Garsia Markes. Yolg‘izlikning yuz yili (roman)
2. Chingiz Aytmatov. Asrga tatigulik kun (roman)
3. Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
4. Kabo Abe. Qumdagi xotin (roman)
5. Jeyms Joys. Uliss (roman)
6. Mixail Sholoxov. Tin Don (roman)
7. Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
8. Frants Kafka. Jarayon (roman)
9. Frants Kafka. Qo‘rg‘on (roman)
10. Aleksandr Soljenitsin. GULAG arxipelagi (roman)
11. Gabriel Garsia Markes. Buzrukning kuzi (roman)
12. Tomas Mann. Doktor Faustus (roman)
13. Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
14. Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa)
15. Ernest Xeminguey. Alvido, qurol (roman)
16. Aziz Nesin hikoyalari
17. Alber Kamyu. Begona (qissa)
18. Andrey Platonov. Chevengur (roman)
19. Vladimir Nabokov. Lolita (roman)
20. Marsel Prust. Yo‘qotilgan vaqtni qidirib (turkum romanlar)
21. Marsel Prust. Svanga yo‘l (roman)
22. Romen Rollan. Jan Kristof (roman)
23. Teodor Drayzer. Amerika fojeasi (roman)
24. Tomas Mann. Iosif va uning akalari (roman)
25. Uilyam Folkner. Suronu qahr (roman)
26. Xulio Kortasar. O‘yin (roman)
27. Avgust Strindberg. Qizil xona (roman)
28. Ayzek Azimov. Asl ma’budalar (roman)
29. Ayzek Azimov. Men – robotman (turkum hikoyalar)
30. Aka-uka Strugatskiylar. Yo‘l chekkasidagi qo‘nalg‘a (qissa)
31. Akutagava Ryunoske. Rasyomon darvozasi (hikoya)
32. Aleksandr Belyayev. Odam-amfibiya (roman)
33. Aleksandr Soljenitsin. Ivan Denisovichning bir kuni (qissa)
34. Aleksandr Tvardovskiy. Vasiliy Tyorkin (doston)
35. Alber Kamyu. Vabo (roman)
36. Andrey Beliy. Peterburg (roman)
37. Andrey Platonov. Yoshlik ummoni (qissa)
38. Andrey Platonov. Xandaq (qissa)
39. Anri Barbyus. O‘t (roman)
40. Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda (qissa)
41. Astrid Lindgren. Bolakay va Karlson (qissa)
42. Bertolt Brext. Kuraj ona va uning bolalari (pesa)
43. Boris Pasternak. Doktor Jivago (roman)
44. Valentin Rasputin. Yasha va yodda tut (qissa)
45. Vasiliy Bikov. Tonggacha omon bo‘lsak (qissa)
46. Gayto Gazdanov. Uchish (roman)
47. Genrix Byoll. Masxarabozning ko‘rgan kechirganlari (roman)
48. Gerxart Gauptman. Hayot shomi (drama)
49. Jan Pol Sartr. O‘qchiq (roman)
50. Jeyms Joys. Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman)
51. Jeyms Xedli Cheyz. Dunyo cho‘ntakdadir (roman)
52. Jek London. Martin Iden (roman)
53. Jon Apdayk. Kentavr (roman)
54. Jon Golsuorsi. Forsaytlar haqida qissa (turkum romanlar)
55. Jon Pristli dramalari
56. Jorj Oruell. 1984 (roman)
57. Jorj Simenonning Megre haqidagi romanlar turkumi
58. Jubron Xalil Jubron. Payg‘ambar (qissa)
59. Ivan Yefremov. Qil ko‘prik (roman)
60. Ilf va Petrov. 13 stul (roman)
61. Irvin Shou. Vizantiya oqshomi (roman)
62. Italo Zvevo. Dzenoning o‘zini anglashi (roman)
63. Kabo Abe. Quti odam (roman)
64. Knut Hamsun. Viktoriya (roman)
65. Knut Hamsun. Pan (qissa)
66. Maksim Gorkiy. Klim Samginning hayoti (roman)
67. Mario Pyuzo. Cho‘qintirgan ota (roman)
68. Migel Anxel Asturias. Marhumlar ko‘zi (roman)
69. Muxtor Avezov. Abay (roman)
70. Muxtor Avezov. Abay yo‘li (roman)
71. Muhammad Hodiy. Hayot sadolari (doston).
72. Nodar Dumbadze. Xellados (hikoya)
73. Nozim Hikmat. Inson manzaralari (doston)
74. Pablo Neruda. She’rlar
75. Pavel Vejinov. To‘siq (qissa)
76. Rabindranat Tagor. So‘nggi doston (roman)
77. Rabindranat Tagor. Xonadon va jahon (roman)
78. Rabindranat Tagor. Halokat (roman)
79. Rashod Nuri Guntekin. Choliqushi (roman)
80. Robert Muzil. Xususiyatdan xoli odam (roman)
81. Rey Bredberi hikoyalari
82. Rey Bredberi. Farengeyt bo‘yicha 451-gradus (roman)
83. Sergey Yesin. Gladiator (roman)
84. Sergey Yesin. Imitator (roman)
85. Sidni Sheldon. Orziqib kutaman ertani (roman)
86. Somerset Moem. Bukilmas ayol (hikoya)
87. Somerset Moem. Oy va chaqa (roman)
88. Spartak Ahmedov. Shoh olmosining sarguzashtlari (qissalar)
89. Stanislav Lem. Solyaris (roman)
90. Semyuel Bekket. Gadoni kutib (pesa)
91. Uilyam Folkner. Mayitlarni tahqirlovchi (roman)
92. O‘ljas Sulaymonov. Arg‘umoqlar (she’r)
93. Uno Koitiro. Kitlar xudosi (hikoya)
94. Faqir Boyqurt. Kaklik (roman)
95. Frants Kafka. Evrilish (hikoya)
96. Fridrix Dyurrenmatt. Fiziklar (pesa)
97. Xorxe Luis Borxes hikoyalari
98. Xuan Rulfo. Pedro Paramo (roman)
99. Xulio Kortasar hikoyalari
100. Chabua Amirejibi. Data Tutashxia (roman)
101. Chingiz Aytmatov. Alvido, Gulsari (qissa)
102. Chingiz Aytmatov. Jamila (qissa)
103. Chingiz Aytmatov. Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar (qissa)
104. Erix Remark. Zafar darvozasi (roman)
105. Etel Voynich. So‘na (roman)
106. Yujin O’Nil. Qayrag‘och soyasida (pesa)
107. Yuriy Kazakov. Moviy va yashil (hikoyalar)
108. Yusuf Samad o‘g‘li. Qatl kuni (roman)
109. Yaan Kross. Imperator telbasi (roman)
110. Yasunari Kavabata. Ko‘hna poytaxt (roman)
111. Yasunari Kavabata. Tog‘ nidosi (roman)

Ro‘yxatning to‘liq ko‘rinishi (PDF formatida)