Tog‘ay Murodning barcha kitoblari (1985-2012)

Tog‘ay Murod. Oydinda yurgan odamlar: Qissalar. Hikoyalar. — T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985. — 160 b.

Tog‘ay Murod o‘z qissalarida Surxon vohasnning okko‘ngil, tanti va mard chavandozlari hayotini, mirishkor bog‘bonlariyu chevar pillakorlari mehnatini, ularning muhabbat deb atalmish ko‘ngil qo‘shiqlarini o‘ziga xos zavqu shavq, nafis badiiy tilda tarannum etadi.

Tog‘ay Murod. Qo‘shiq: Qissalar. — T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. — 144 b.

Iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod o‘zining mazkur qissalarida ona yurti bo‘lmish Surxon vohasi odamlarshshng mardona fe’l-atvori, o‘y-xayollariyu orzu-umidlari, muhabbatlarini, o‘zlariga xos ruhiyati hamda xarakterlarini badiiy ifodalaydi.

Tog‘ay Murod. Ot kishnagan oqshom: Qissalar. — T.: Sharq nashriyot-matbaa kontsernining Bosh tahririyati, 1994. — 464 b.

Bu hissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo‘lsak… uloq Tog‘ay Murodda ketdi!

Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar: Roman. — T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontsernining Bosh tahririyati, 1994. — 272 b.

«Otamdan qolgan dalalar» — ramziy roman.
Muallif o‘z romanida butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.

Tog‘ay Murod. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi: Roman, hikoyalar, maqolalar. — T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontsernining Bosh tahririyati, 2001. — 208 b.

Abdulla Qodiriy nomli Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani XX asr o‘zbek ziyolilarining ko‘rgiliklari, dard-alamlari, fojialari haqidadir.

Tog‘ay Murod. Ot kishnagan oqshom: Qissalar. / «Asr oshgan asarlar» turkumi — T.: «Sharq», 2006. — 288 b.

Bu qissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo‘lsak… uloq Tog‘ay Murodda ketdi!

Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar / I jild: Qissalar. — T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontsernining Bosh tahririyati, 2008. — 448 b.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog‘ay Murodning hikoyalar, qissalar va romanlar, sara maqolalar, kundalik daftardan bitiklar hamda tarjimalar o‘rin olgan to‘rt jildlik «Tanlangan asarlar»i adabiyot muxlislariga takdim qilinmoqda. Mazkur nashr yozuvchining o‘zi hayotligida tartib bergan tarzda chop etilmoqda.
Tog‘ay Murod qissalari allaqachon o‘zbek xonadonining sevimli kitoblari javonidan o‘z o‘rnini topgan. «Tanlangan asarlar»ning birinchi jildiga yozuvchining xalqimiz orasida dovruq qozonib, kitobxonlar ko‘ngil mulkiga aylangan to‘rt qissasi jamlandi.

Tog‘ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi: Qissalar. — T.: «Sharq», 2009. — 320 b.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog‘ay Murodning allaqachon dovruq qozonib, o‘zbek xalqining ko‘ngil mulkiga aylangan «Yulduzlar mangu yonadi» nomli va boshqa qissalari adabiyot muxlislariga lotin alifbosida ilk bor taqdim etilmoqda.

Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar / II jild. Otamdan qolgan dalalar. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi. Romanlar. — T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontsernining Bosh tahririyati, 2012. — 448 b.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Toїay Murod «Tanlangan asarlar»ining II jildi adibning mashhur asarlari — Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan «Otamdan qolgan dalalar» hamda el orasida dovruq qozongan so‘nggi «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanlaridan tashkil topdi.
Ushbu romanlar adabiyot muxlislariga ajoyib tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.