Rahmat Fayziy. Asarlar. 3-jildlik (1978-1980)

Rahmat Fayziy. Asarlar. 3 jildlik. 1-jild. Hazrati inson: Roman. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.
Atoqli o‘zbek yozuvchisi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» romani tom ma’noda xalqlar do‘stligini ulug‘lovchi asardir. Unda oddiy o‘zbek kishilari Mahkam aka bilan Mehrinisa opa oilasining tashvishli va nurli hayoti qalamga olingan. Siz romanda turli millat vakillari bilan uchrashasiz, ularning orzu va umidlari, g‘am va shodliklariga sherik bo‘lasiz.
Rahmat Fayziy. Asarlar. 3 jildlik. 2-jild. Cho‘lga bahor keldi: Roman. Sen yetim emassan: Kinopovest. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning uch jildlik «Asarlar»i ikkinchi jildiga muallifning «Cho‘lga bahor keldi» romani va «Sen yetim emassan» kinopovesti kiritildi.
Rahmat Fayziy. Asarlar. 3 jildlik. 3-jild. Hikoyalar. Ocherklar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning uch jildlik «Asarlar»i uchinchi jildiga adibning turli yillarda yaratgan hikoyalari va ocherklari jamlandi. Muallif o‘z asarlarida sevgi va vafo, do‘stlik, olijanoblik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini tarannum etadi.