Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik (1971-1980)

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 1-jild: Devon. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1971.

O‘zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy zamonasining peshqadam shoiri va tarjimoni sifatida g‘oyat katta adabiy meros qoldirgan. Uning adabiy merosini chuqur tadqiq qilish va keng kitobxonlarga yetkazish nlmiy jamoatchilik oldida turgan kechiktirilmas
vazifalardan biridir. Bu sohada talay ishlar ham qilingan.
Shoirning xayoti va ijodi haqida qator monografiyalar yozildi, uning she’rlari va ayrim tarjima asarlari bir necha marta nashr etildi.
Bu nashr olti jilddan iborat bo‘lib, unga Ogahiyning she’riyati, tarixiy asarlaridan namunalar, qator yirik tarjimalari kiritiladi.
Ogahiy asarlarining olti jildlik majmuasi keng kitobxonlar ommasi uchun arzirli sovga bo‘ladi degan umiddamiz.

Nashrga tayyorlovchi: G‘ulom Karimov
Mas’ul muharrir: Subutoy Dolimov

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 2-jild: Devon (davomi). T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.

Nashrga tayyorlovchi: Subutoy Dolimov
Mas’ul muharrir: G‘ulom Karimov

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 3-jild: Tarjimalar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1974.

Ogahiy «Asarlar»ining uchinchi jildiga tojik adabiyoti klassiklaridan Abdurahmon Jomiyning «Yusuf va Zulayxo» va Hildoliyning «Shoh va Gado» dostonlarining tarjimalari kiritilgan. Yusuf va Zulayxo sevgisi haqidagi mashhur afsona birinchi dostonga asos bo‘lganidek, sevgining falsafiy talqiniga ko‘ra, keyingi doston ham avvalgisiga mushtarakdir.

Nashrga tayyorlovchi: G‘ulom Karimov
Mas’ul muharrir: Subutoy Dolimov

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 4-jild: Tarjimalar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1977.

O‘zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning olti jildlik «Asarlar»i navbatdagi 4-jildi shoirning badiiy tarjimalaridan tuzildi. Bu yerda siz Nizomiyning «Haft paykar»i va Sa’diyning «Guliston»i kabi mashhur asarlarni o‘qiysiz.

Nashrga tayyorlovchi: Subutoy Dolimov
Mas’ul muharrir: G‘ulom Karimov

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 5-jild: Tarixiy asarlardan parchalar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

Ogahiy «Asarlar»ining beshinchi jildiga shoirning «Riyozud-davla» va «Zubdatut-tavorix» tarixiy asarlaridan parchalar kiritildi.

Nashrga tayyorlovchi: Subutoy Dolimov
Mas’ul muharrir: G‘ulom Karimov

Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 6-jild: Tarixiy asarlardan parchalar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

Ogahiy «Asarlar»ining oltinchi jildiga uning «Jomeal-voqeoti sultoniy» va «Gulshani davlat» tarixiy asarlaridan parchalar kiritildi. Ularda Xorazm xonligida XIX asr o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan ba’zi tarixiy va ijtimoiy voqealar o‘z aksini topgan.

Nashrga tayyorlovchi: G‘ulom Karimov
Mas’ul muharrir: Subutoy Dolimov


Ziyo istagan qalblar Telegram kanaliga marhamat!