“Hayrat ul-abror” arab tilida chop etildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub “Hayrat ul-abror” dostonining nasriy bayoni va g‘azallari sharhini arab tiliga tarjima qildirib, chop ettirdi. Tarjima O‘zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi Ilyosxon Bahromov tomonidan amalga oshirildi. Ijodiy jarayonga filologiya fanlari doktori, davomi…

2023 yilning asosiy so‘zi e’lon qilindi

Collins English Dictionary tahririyati “artificial intelligence” (sun’iy intellekt) iborasini 2023 yilning asosiy so‘zi deb e’lon qildi. Qayd etilishicha, joriy yil davomida AI istilohi to‘rt barobar ko‘proq qo‘llana boshlagan. Sun’iy intellekt kelajak texnologiyasi sifatida insoniyat hayotini keskin o‘zgartirish kutilmoqda. Collins English davomi…

Kunchiqar o‘lkada tahsil olgan o‘zbekistonlik mutaxassislar mashvarat o‘tkazdi

Toshkentda Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. An’anaviy anjumanda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori nutq so‘zladi. Diplomat o‘z nutqida Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan o‘zbekistonlik yoshlar o‘z vatani taraqqiyoti hamda ikki davomi…

Toshkentda “Alashning asl arslonlari” ko‘rgazmasi ochildi

4 oktyabr kuni Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimi asoschisi Xalil Do‘stmuhammedov tavalludining 140 yilligi hamda o‘qituvchi, shoir va dramaturg Mag‘jan Jumaboyev tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan “Alashning asl arslonlari” (“Alashtың asыl arыsы”) xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Tadbirda davomi…