Hamdi Chalabiy (1448-1509)

Turk adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib “Xamsa” yozgan shoir Hamdi (Hamdi Çelebi) Bolu yaqinidagi Go‘ynukda tug‘ildi. Uning otasi Oqshamsiddin bayramiya tariqati shayxlaridan bo‘lib, Hamdining yoshligi so‘fiylar davrasida kechadi. 10 yoshligida yetim qolgan Hamdini akalari o‘z tarbiyasiga oladilar. Hamdi Chalabiy oilada 12-farzand davomi…

Attila Ilhan (1925-2005)

Shoir va yozuvchi Attila Ilhan (Attilâ İlhan) 1925 yil 15 iyunda Izmir viloyatining Menemen qasabasida tug‘ilgan. “Haqiqat”, “Demokrat-Izmir” gazetalarida muharrirlik qilgan va bosh maqolalar yozib turgan. 1973 yilda Anqaraga joylashgach, “Bilgi” nashriyotida maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1980 yildan keyin Istanbulga davomi…

Ahmad Yolchinqoya (1963)

Ahmad Yolchinqoya (Ahmet Yalçınkaya) 1963 yili dekabr oyida Giresunda tavallud topdi. Boshlang‘ich va o‘rta sinflarni G‘arbiy Olmoniyada, yuqori sinflarni esa Istanbulda o‘qidi (1981). Bog‘azichi Universiteti (1981-87), Istanbul Texnika Universiteti (1987-97) va Anadolu Universitetlarida (1997-2000) muhandislik, robot va menejment bo‘yicha ta’lim davomi…

Ahmadiy (1334-1413)

Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim (Ahmedî) hayoti va ijodi xaqida bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarda chalkashliklar mavjud. Manbalarda, shoir tug‘ilgan va vafot etgan sana ko‘rsatkichlarida ham farq bor. Garmiyonda (ba’zi manbalarda Sivas, Istambul ko‘rsatilgan) tug‘ilgan Ahmadiy boshlang‘ich ma’lumot olgach, bilim olish uchun davomi…

Ahmad Posho (1426-1497)

XV asr turk adabiyotining eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan shoir Ahmad Posho (Ahmed Paşa), o‘sha vaqtda Usmonlilarning poytaxti bo‘lgan Edirna shahrida tug‘ildi. Uning otasi Valiyuddin Ilyos Murod II ning qoziaskari, ya’ni bosh harbiy qozisi edi. o‘z davrida yaxshi ma’lumot olgan Ahmad davomi…

Ahmad Nodim (1681-1730)

“Lola davri” adabiyotining eng yirik vakili Ahmad Nodim (Ahmet Nedîm) Istambulda, zodagon oilada tug‘ildi. Uning ona tomondan bobosi Husomiddin Qarochalabiy bo‘lib, o‘z davrida sultonning yaqinlaridan bo‘lgan. Otasi Mehmed Nodim Afandi qozi bo‘lib, yaxshigina ta’bi nazmi ham bor edi. Onasi Soliha davomi…

Yosa Buson (1716-1783)

Yosa Buson (与謝蕪村) yapon she’riyatida xokkunavislikning piri komili hisoblangan Matsuo Basyodan keyingi o‘rindagi ulug‘ shoirdir. U 1716 yilda Osaka shahri yaqinidagi qishloqlarning biri – Kemada dunyoga kelgan. Uning otameros familiyasi Taniguti bo‘lgan. Onasi Yosa degan joydan bo‘lgani uchun u Yosa davomi…