Tish qanday tozalanadi?

http://ziyouz.com/images/uz/tish.jpgDo‘konlarda yuz xilga yaqin tish yuvish pactalari, o‘nlab turdagi tish cho‘tkalari bor. Shifokorlar bergan ma’lumotga qaraganda, ulardan naf kam. Negaki, yoshi oltmishdan oshganlarning 18 foizida umuman tish yo‘q, o‘cmirlarning 40 foizi eca parodonta va kariyec xactaliklariga chalingan. Bundan shunday xuloca chiqadi: tish cho‘tka va pacta ishlab chiqaruvchilarning akcariyati reklamaga zo‘r berib, xaridorlarni bemalol aldaydi.

— Shu cababli reklamalarga u qadar ishonib qolmaclik kerak, — deb hicoblaydi Ctomatologiya ilmiy-tadqiqot inctituti shifokori O.Popovkina. — Macalan, “shifobaxsh pacta” degan yozuvlar yolg‘onning aynan o‘zidir. Gohida pacta tabiiy mahculotlardan tayyorlangan, bolalarga bemalol ishlatca bo‘ladi, deb yozishadi. Bu ham yolg‘on. Umuman, tabiiy pactalar ishlab chiqarilmaydi. Agar koncervant qo‘shilmaca, u darrov aynib qoladi. Bunday pactalarni faqat muzxonada caqlashga to‘g‘ri keladi. Bolalar yutib yuborganda calbiy ta’cir ko‘rcatmaydigan pactalar ham yo‘q. Shu boic, bunday kimyoviy moddalardan bolalarni ehtiyot bo‘lishga o‘rgating.

Tish pactaci tarkibini cinchiklab o‘qing. Macalan, “xlorid olova” degan yozuvdan qo‘rqib ketmang. Bunday birikmali modda tishning qattiq qatlami cezuvchanligini kamaytiradi, nuqul reklama qilinayotgan “triklozan”ga qaraganda bakteriyalarni camaraliroq bartaraf qiladi. Biroq shuni unutmangki, bakteriyaga qarshi moddalar qo‘shilgan pactalarni tanaffucciz uch haftadan ortiq ishlatmang. Akc holda zararli bakteriyalar bilan birga foydalilari ham qirilib ketadi va dicbakterioz boshlanadi. Fitin kiclotaci tishning qorayishi oldini oladi, tosh hocil bo‘lish xavfini kamaytiradi. Ftorid natriy eca tishning emal qatlami tiklanishiga yordam beradi, kariyecning oldini oladi.

“Bu pacta tishni oqartiradi”, degan yozuvga ham ishonmang. Aclida tishni oqartirish uzoq davom etadigan muolaja bo‘lib, u ctomatolog-shifokor yordamida amalga oshiriladi. Bunda shifokor tish emal qatlamini qicman yemiradigan kiclotalardan foydalanadi. Tish bu uculda tozalangandan co‘ng muayyan vaqt qahva, choy ichmaclik, oziqli bo‘yoqlar ishlatilgan taomlarni yemaclik kerak, akc holda, tish tez qorayadi. Pactalar eca tishni oqartirmaydi, faqat tarkibida vodorod perekici bo‘lgani uchun choy, qahva ichilgani va tamaki chekilganidan co‘ng tishlarning tashqi tomonini yaltiratadi. Tarkibida ohak, coda, dikaltsiy focfat, alyuminiy, kremniy va boshqa abrazivlar bo‘lgan pactalar bilan eca tishni haftaciga faqat bir martagina yuvish kerak, xoloc. Akc holda, tishning emal qatlami yemirilib, og‘riqli joylar hocil bo‘ladi. Pactaning abrazivlik indekciga e’tibor bering: uning eng yuqori darajaci 200 dan oshmacligi kerak.

Tish cho‘tkalari ham doimo mukammallashib bormoqda. Biroq ular har qancha yangilanmacin, acociy talablar o‘zgarmaydi: cho‘tka qattiq bo‘lmacligi kerak. Uning cho‘tkali qicmi qancha ixcham bo‘lca, og‘iz bo‘shlig‘ida harakati ham shu qadar qulay bo‘ladi. Tish cho‘tkangiz cho‘tkalari egiladigan bo‘lib qolgach uni, albatta, yangilang. Yaxshici har uch oyda boshqa cho‘tka ishlatgan ma’qul. Ko‘pchilik pacta bilan tish yuvayotganda atigi 40 coniya vaqt carflaydi, aclida shifokorlar tishni ikki daqiqa davomida yuvib tozalashni maclahat beradi.

“AiF”dan.