Suddagi hazillar

Massachusets shtati (AQSh) da olib borilgan sud jarayonlarida berilgan savollarni eshitsangiz, ular rostdan ham aytilganiga shubha bilan qaray boshlaysiz. Advokatlar tomonidan guvohlar, jabrlanuvchi va ayblanuvchilarga berilgan bu savollar shtat advokatlarining Massachusetts Bar Assosiation Lavers Journalidan olindi: 1. Doktor, agar inson tushida vafot etsa, bu haqda u ertalabgacha bilmaydi, to‘g‘rimi?

2. Sizning yigirma yoshli o‘g‘lingiz necha yoshda?

3. Siz o‘zingizmidingiz yoki yolg‘izmidingiz?

4. Urushda kim o‘lgan edi, sizmi yoki akangiz?

5. U sizni o‘ldirdimi?

6. Mashinalar to‘qnashgan paytda bir-biridan qanchalik uzoqda edi?

7. Siz ketguningizga qadar o‘sha yerda bo‘lganingiz rostmi?

8. Ayting-chi, guvoh, siz necha marta o‘zingizni o‘ldirgansiz?

9. SAVOL: U uchta bolam bor, deb aytdimi?
JAVOB: Ha.
SAVOL: Ulardan nechtasi o‘g‘il?
JAVOB: Birontasi ham o‘g‘il emas.
SAVOL: Qizlar nechta?
JAVOB: …

10. SAVOL: Siz zinapoya yerto‘laga tushib ketgan edi demoqdasiz-a?
JAVOB: Ha.
SAVOL: Undan yuqoriga ko‘tarilish mumkinmidi?
JAVOB: …

11. SAVOL: Janob, siz aytyapsizki, o‘sha paytda asal oyiga ketgandingiz, to‘g‘rimi?
JAVOB: Ha, aynan shunday.
SAVOL: Sizning yangi yosh xotiningiz ham birga ketdimi?
JAVOB: …

12. SAVOL: Nikohingiz nega to‘xtatildi?
JAVOB: Xotinim vafot etganidan so‘ng.
SAVOL: Qaysi xotiningiz?
JAVOB: …

13. Sizni binoning ichida suratga tushirishgan paytda siz o‘sha yerda edingizmi?

14. SAVOL: Siz o‘sha odamni tasvirlab bera olasizmi?
JAVOB: Ha. U kishi o‘rta bo‘yli, soqolli edi.
SAVOL: Ayolmidi yoki erkak?
JAVOB: …

15. SAVOL: Sizdan nima so‘ralsa ham, og‘zaki javob bering, yaxshimi? Xo‘sh, qaysi maktabda o‘qigansiz?
JAVOB: Og‘zaki.

16. SAVOL: Doktor, siz jasadni yorgan paytingizda uning yurak urishini tekshirdingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Qon bosimini o‘lchadingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Nafas olishini tekshirdingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Demak, bemor jasad yorilgan paytda tirik bo‘lishi mumkin ekanda?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Nega bu qadar ishonch bilan aytayapsiz?
JAVOB: Chunki uning miyasi stol yonidagi bankaning ichida edi.
SAVOL: Shunga qaramay, bemor tirik bo‘lishi mumkinmidi?
JAVOB: Agar u advokat bo‘lsa!