Dunyoning eng boy kishilari (Forbes 2004)

Forbes jurnali navbatdagi dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra dunyoda hozirda 587 ta milliarder mavjud. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zgaruvchan hozirgi dunyoda bor mablag‘ni saqlab turish uni topishdan qiyinroq bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yilning birdaniga 67 eks-milliarderlari bu yil o‘z yutuqlarini takrorlay olmadilar. Ularning mablag‘lari bu safar milliardlarga yetmadi. Kapitalning kamayish sur’ati o‘z o‘rnini saqlab qolgan qatnashchilarda ham kuzatildi (476 ta milliarderdan 218 tasida kapitalning kamayishi qayd etildi).

Milliarderlarning hamma kapitallari yig‘indisi ushbu yilda 1.4 trln. $ ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagidan 141 mlrd. kam deganidir. Kapitalning barqaror turishi faqatgina Yevropada kuzatilgan bo‘lib yevropalik milliarderlar bu yilda unchalik yo‘qotishlarga uchramaganlar. Dunyoning boshqa mintaqalarida kapitalning tushishi kuzatilgan.

Forbes jurnali reytingida hamon amerikalik komputer qiroli Bill Geyts yetakchilikni saqlab kelmoqda. Uning mablag‘i 46 milliard 600 millionni tashkil etadi. Investor Uorren Baffet 43 mlrd. bilan ikkinchi o‘rinda, bir qancha supermarketlar to‘ri egasi germaniyalik Karl Albrext uchinchi o‘rinda bo‘lsa, Saudiya Arabistoni shahzodasi Alvalid Bin Talal to‘rtinchi o‘rinni zabt etgan. Maykrosoft kompaniyasi investori Pol Allen esa beshinchi o‘rinda.

Ko‘pgina yangi milliarderlar bu yil Yevropadan. Bunga sabab yevroning kursi ko‘tarilishi va dollarning tushishidir. Ikkita milliarder jahon asosiy nigohida: Garri Poter haqidagi kitob muallifi Joan Rouling o‘zining birinchi milliardini qarshi oldi. «Sern de Soleyl» tsirki akteri va xo‘jayini, kanadalik Gi Laliberte ko‘cha akrobatligidan jahonning eng boy kishilaridan biriga aylandi.

Bu yilgi ro‘yxatda 53 milliarder ayol qayd etilgan. Rossiyadan 8 yangi milliarderlar ro‘yxatga kirgan. Nyu-York milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda 31-chi bo‘lgani holda, Moskva 2-o‘rinni zabt etgan. Hozirda Rossiya poytaxtida 23 milliarder istiqomat qilmoqda.

Tahlilchilarning asosiy nuqtai nazari Forbes ro‘yxatida rossiyalik biznesmenlarning ko‘payganligiga qaratilgan. Rossiya eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirmasada, aynan shu davlat jahonda yangi milliarderlari bilan namoyon bo‘ldi. Forbes Global jurnalining 2004 yil ro‘yxatiga shaxsiy kapitali 1 mlrd. dan ortiq bo‘lgan 25 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari kirgan (taqqoslash uchun, 2000 yilda Forbes reytingida hali bironta rossiyalik yo‘q edi). Milliarderlari eng ko‘p davlatlar AQSh va Germaniyadir. Agar milliarderlarnig sonini yalpi milliy mahsulotga nisbatan taqqoslash mumkin bo‘lganida Rossiya bu sohada birinchi o‘rinda bo‘lardi.