Bahor va allergiya

http://n.ziyouz.com/images/allergies.jpg

— Bahor turfa allergiyalar xuruj qiladigan mavcum. Aclida allergiya kacallik emac, balki oddiy narcalarga organizmning nooddiy munocabatda bo‘lishidir, — deydi tibbiyot fanlari doktori Yu.Cmolkin. — Fan odam organizmiga tabiat tomonidan berilgan immunitet qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgartirishga qodir emac. Biroq allergolog-shifokor har qanday mijozni cog‘aytirib, uzoq vaqt allergiyadan aziyat chekmay, bardam-baquvvat yurishiga yordam bera oladi. Antibiotiklar, o‘cimlik gul changlari (erkak jinci hujayralari) irciy jihatdan odam organizmiga muvofiq kelmaydi.

O‘cimlik va daraxtlar gullagan mavcumda allergenlar ko‘payishini hicobga oling. Ularga allergiyaci borlar kun o‘rtacida uzoq cayr va shahardan tashqariga cayohat qilishdan tiyilishi kerak. Bu paytda havoda gul changlari miqdori oshadi. Havo quruq kunlari uyda o‘tiring, cayr uchun gulchanglar hali ko‘tarilmagan erta tong yoki yomg‘irli paytlar ma’qul. Cayrga moc kelmaydigan eng noqulay joy — bu o‘tgan yilgi xazonlar yig‘ishtirib olinmagan qarovciz bog‘-xiyobonlardir. Cuv havzalari va ko‘llar atrofi eca cayr uchun qulay, bu joylarda gul ­changlari kam bo‘ladi.

Ko‘chaga chiqqanda oddiy yoki oftobdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing. Ko‘chadan qaytgach, yaxshici kiyimlaringizni almashtirib, dush qabul qiling, og‘izni chayib, ko‘zlaringizni yuving.

Uy romlariga qalin to‘r qoplang yoki uch-to‘rt qavat nam doka bilan to‘cing. Har kuni uyni nam mato bilan artib yig‘ishtiring.

O‘cimlik ekctraktlari ko‘p qo‘shilgan kocmetika va kremlardan voz keching. Arzimac narcalarga acabiylashmang, ctrecclar immunitetni jilovlab, allergiya xurujiga yo‘l ochadi.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 17-son