AQShning eng yomon prezidentlari (2006)

Sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, II jahon urushidan keyin AQShni boshqargan prezidentlar ichida Jorj Bush «AQShning eng yomon prezidenti» nomini qo‘lga kiritib, uning reyting 34 %ga tushib ketdi. 5 yil avval esa aynan shu prezident mamlakat tarixida o‘tkazilgan eng katta ommaviy so‘rovda eng yuqori reytingni ko‘rsatgandi.

2001 yil 11 sentyabr teraktlaridan so‘ng Jorj Bushni 86-96 % AQSh aholisi qo‘llab-quvvatlagandi. «Eng yomon»lar reytingida ikkinchi o‘rin Richard Niksonga nasib qildi. Uni 17 % respondentlar «AQShning eng yomon prezidenti»ligiga tavsiya etishdi.

Uchinchi o‘rinni Bill Klinton egalladi (16 %). Eng qizig‘i shundaki, ayni paytda «Eng yaxshi prezidentlar» reytingida 25 % respondent ovozi bilan Klinton ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Prezident %
1 Jorj Bush 34
2 Richard Nikson 17
3 Bill Klinton 16